"Liverpul" Dembelega qiziqmoqda
18 iyu 2019 15:53
Yangiliklar
"Liverpul" Dembelega qiziqmoqda
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.
"Qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbariyatiga 22 yoshli francuz futbolchisiga qiziqayotganligi to'g'risida xabar bergan.
Dembelega PSJ forvardi Neymarning Ispaniyaga qaytishida muhim vosita sifatida qaralmoqda, ammo kataloniyaliklar hozir ham mersisaydliklar bilan muzokaralar o'tkazishga qarshi emaslar.
Qayd etish kerakki, uzoq vaqtlardan beri Dembelening jamoa mashg'ulotlariga kechikib kelishidan kataloniyalik norozi.
Futbolchining ehtimoliy transfer qiymati 105 million evroga baholanmoqda. Jahon chempioni bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2022 yil iyunga qadar amal qiladi.
Usmon Dembele 2018/19 yilgi mavsum "Barselona" libosida barcha mavsumlarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assistga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar