So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  0 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  5 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  1 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

APL. "Liverpul" "Enfild"da "Byornli"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" "Enfild"da "Byornli"ni mag'lubiyatga uchratdi

Teglar :  Bernli Liverpul
Angliya Premer-ligasining 2-turidan o'rin olgan "Liverpul" -"Bernli" uchrashuvi yakunlandi.

Liverpool

Diogo Jota - 18', Sadio Mane - 69'

Premier League . 2-tur

21/08/2021, 17:30

0
:
2
Tugadi

Burnley

Stadion: Anfield, 52591 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
18'  Diogo Jota
18'  Konstantinos Tsimikas
27'  Mohamed Salah
69'  Sadio Mane
69'  Trent Alexander-Arnold
81'  Naby Keita (Thiago Alcantara)
81'  Diogo Jota (Roberto Firmino)
90'  Konstantinos Tsimikas (Joseph Gomez)
75'  Chris Wood (Jay Rodriguez)
79'  Johann Berg Gudmundsson (Erik Pieters)

"Liverpul" – "Bernli" 2:0

«Enfild» 

Gollar: 1:0 – 18 Diogu Jota, 2:0 – 69 Mane. 

"Liverpul" – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Cimikas, Xenderson, Keyta (Tiago Alkantara, 81), Elliott, Salax, Mane, Diogu Jota (Firmino, 81). 

"Byornli" – Poup, Louton, Mi, Tarkovski, Teylor, Gudmundsson (Piters, 79), Kork, Braunxill, Vud (Rodriges, 75), Barns, Maknil.



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

86. Saloh o'z qanotida raqibidan qochib ketdi va Manega ajoyib pas berdi, ammo Sadio to'pga zarba bera olmadi va navbatdagi xavfli hujum qo'ldan chiqdi.

84. ZARBAAAA... Trentning zarbasidan so'ng Nik Poup to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

80. O'zgarish: Keyta va Jota maydonni tark etishdi, ularning o'rniga Tyago Alkantara va Roberto Firminolar o'yinga qo'shilishdi.

75. Saloh qarshisidagi bir raqibni aldab, tezda uzoq burchakni poylab zarba berdi, ammo bu qaror xato bo'lib chiqdi.

73. "Liverpul"ning hujumlari davom etyapti. "Qizillar" 2:0 hisobiga rozi emas.

69. GOOOL! Virjil boshlab bergan hujumni Mane gol bilan yakunladi. Sadio bu gol uchun Trent, Elliot va van Deyklarga rahmat aytishi kerak.

65. Trentning qanotdan uzatgan to'pini Mane darvozaga burdi, biroq zarba kuchsizligi tufayli to'p darvozabon qo'liga tushdi.

62. MANEEEE! Sadioning chap oyoqda bergan kuchli zarbasini Poup qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

60. Elliot to'pni qanotdan jarima maydonchasiga uzatdi, Saloh uni ko'kragi bilan to'xtatib, darvozaga zarba berdi, biroq to'p raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi.

58. Van Deyk burchakdan uzatilgan to'pni oyoq bilan darvoza tomonga yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi.

56. MANE! Sadio Jotadan to'pni qabul qildi va o'girilib, darvoza tomon zarba berdi. Raqib himoyachisi halal bergani uchun zarba kuchsiz chiqdi va Nik Poup to'pni egallab oldi.

46. LOUTON! Louton qarshisidagi ikki "Liverpul" futbolchisini aldab, ajoyib pas berdi, Barns to'pni darvozaga joyladi, ammo ofsaydda ekan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Tarkovski hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Alison Beker havodan kelayotgan to'pni kutayotgandi, ammo kutilmaganda Tarkovski paydo bo'lib, to'pni darvozaga yo'llashga urindi, ammo zarba noaniq bo'ldi.

42. Saloh to'pni qabul qilishi bilan darvozaning uzoq burchagini nishonga olishga urindi, ammo raqib himoyachisi to'pni boshi bilan qaytardi.

39. Nabi Keyta Poup qaytargan to'pni uzoq masofadan darvozaga joylashga urindi, biroq zarba noaniq.

36. "Liverpul" safidagi "yangilar" jamoa o'yiniga hozircha ko'nika olishmayapti, bazi vaziyatlarda ular hujum yoki himoyadan uzilib qolishyapti.

31. MANEEEEE. Aleksandr Arnoldning uzatmasini Mane darvozaga yo'llashga urindi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

26. GOOOL! SALOOOH! 2:0. Elliotning himoyani kesuvchi uzatmasidan so'ng Saloh darvozabon bilan birga-bir chiqdi va uni ishg'ol qildi. YO'Q, hakam golni bekor qildi. Ofsayd ekan.

25. Statistika: Zarbalar 5-2, aniq zarbalar 2-2.

22. ZARBAAAAA! Muhammad Salohning aniq zarbasini Nik Poup qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

18. GOOOL!!! Tsimikasning qanotdan uzatgan to'pini Diogu Jota boshi bilan darvozaga joyladi. 1:0!

17. Bahsdagi dastlabki aniq zarba Kris Vud tomonidan berildi. Qanotda uzatilgan to'pni Vud boshi bilan darvozaga burishga urindi, biroq Alisson seyv ijro etdi.

13. So'nggi 2 daqiqa ichida "Liverpul" raqib jarima maydonchasi ichiga 3 marta havolatib uzatma berdi, ammo ularning bari muvaffaqiyatsiz yakuniga etdi.

4. ZARBAAA... "Byornli"ning xavfli hujumi kuchli zarba va to'p ustunga tegishi bilan yakun topdi, ammo oldinroq yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligin malum qilgandi.

2. O'yindagi dastlabki xavfli vaziyat mehmonlar tomonidan yaratildi. Qanotdan uzatilgan to'p raqib futbolchisiga tegib, xavfli yo'nalish oldi, ammo Alisson to'pga hammadan oldin chiqib, xavfni barataraf etdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Assalomu alaykum hurmatli saytimiz o'quvchilari. APLning 2-turini "Enfild"da o'tkaziladigan "Liverpul" - "Byornli" bahsi ochib beradi.


Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Cimikas, Xenderson, Keyta, Elliott, Salax, Mane, Diogu Jota.

Bernli – Poup, Louton, Mi, Tarkovski, Teylor, Gudmundsson, Kork, Braunxill, Vud, Barns, Maknil.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика