So’nggi yangiliklar

19:29"Вильярреал" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  5 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  4 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  33 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  7 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0

"Liverpul" APLda futbolchilariga dam bera olmaydi" - Ernesto Valverde ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

"Liverpul" APLda futbolchilariga dam bera olmaydi" - Ernesto Valverde ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

"Barselona" ustozi Ernesto Valverde ECHL yarim final bosqichidagi raqibi "Liverpul" bilan bo'ladigan bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Liverpul" APL chempionligi uchun "Manchester Siti" bilan jiddiy raqobat yuzaga keltirgan. Bu buyuk hujumchilarga ega qudratli jamoa ekanligini bilamiz. Mersisaydliklar yuqori darajadagi bosim uyushtirish va tezlikka ega.

Klopp "Borussiya Dortmund"dagi ishini bu erda ham davom ettirmoqda. Joriy mavsum "Liverpul" APLda faqat 1 marta mag'lub bo'ldi. Bu ularning kuchi, salohiyatini ifodalaydi. 

Ikkala uchrashuvni ham yaxshi o'tkazish kerak. "Liverpul"ga qarshi 5 daqiqa etarli darajada yaxshi o'yin namoyish etilmasa, ular bizni o'z jarima maydonchamizga qamab qo'ya olishadi. 

Messi o'zini yaxshi his qilmoqda. Ortda qolayotgan oyda Leoga boshqalarga nisbatan ko'proq dam olishi uchun imkoniyat berdik. 

"Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynagan haftada 3 ta bahsda maydonga tushdik. Endi "Liverpul" bilan uchrashyapmiz. Bu o'ta mehnatkash jamoa va biz ushbu uchrashuvga tayyormiz.

Muxlislarimiz "Kamp Nou"da so'nggi o'yinlarda hal qiluvchi rolni o'ynashdi. 90 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurgan uchrashuvlar bo'ldi. Biz ularning qo'llab-quvvatlashiga muhtojmiz va raqib buni yaxshi tushunib turibdi.

O'ylashimcha, Klopp "Kamp Nou" futbol uyi emas, deya aytgan gapi orqali ortiqcha drama kutilmasligini takidlamoqchi bo'lgan. Bu maydonda 22 futbolchi o'ynaydigan oddiy futbol va biz maydonga tushishga tayyormiz.

Mahalliy chempionatdagi g'oliblik, formani yaxshi ushlab turishga yordam beradi. ECHL o'yinlari orasida har doim ichki chempionat o'yini ham bo'ladi. CHempion bo'lganimizdan xursandmiz, "Liverpul" esa o'z futbolchilariga dam olish imkoniyatini yaratib bera olmaydi. SHunga qaramasdan, bu Evropa chempionlar ligasi yarim finali va bunda charchoq rol o'ynamaydi", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Valverde. 

Eslatib o'tamiz, "Barselona" - "Liverpul" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanadi. 

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика