"Liverpul" Amrabat uchun kurashga qo'shildi
03 dek 2022 15:40
Yangiliklar
"Liverpul" Amrabat uchun kurashga qo'shildi
Jud Bellingem va Kaysedo qatoriga endi Marokash terma jamoasi yulduzi Sofyan Amrabat qo'shildi. Mersisayd klubi bilan bir qatorda Premer-liganing ko'plab jamoalari Amrabatning harakatlarini kuzatib borishmoqda.
26 yoshli futbolchi Marokash termasi tarkibida Qatardagi mundialda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va mamlakati termasining keyingi bosqichga chiqishida munosib hissa qo'shdi.
Ehtimoliy kelishuv borasida hali muzokaralar boshlanmagan bo'lsa-da, agar maosh borasida futbolchini rozi qilishsa, Amrabat amaldagi klubini tark etishga qarshi emas. Uning "Fiorentina"dan ketish bahosi 30 mln evrodan oshadi. Amrabat Violaning asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi. A Seriya klubi futbolchisi bilan 2024 yilga qadar tuzilgan shartnomaga ega. SHu tufayli ular yanvar oyida tushadigan takliflarni qabul qilmasligi mumkin.
Sofyan Amrabat yarim himoyachi izlash bilan band bo'lgan Yurgen Klopp short-listiga kirgan eng so'nggi futbolchi bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar