Riise Klopp haqida: "Uni terma jamoa murabbiyi sifatida ko'ryapman"
24 dek 17:50
Yangiliklar
Riise Klopp haqida: "Uni terma jamoa murabbiyi sifatida ko'ryapman"
"Agar u chindan ham qaytsa, o'ylashimcha, biror terma jamoa murabbiyiga aylanadi. U klubda ishlaydi deb o'ylamayman. Menimcha, u qachondir Angliya terma jamoasini joni dili bilan boshqargan bo'lardi. Men uni milliy terma jamoa murabbiyi sifatida ko'ryapman, chunki bu klubdagi ish kabi zo'riqishli emas.
Yurgen Klopp hayotni sevadi, u qilayotgan ishini yaxshi ko'radi, u shug'ullanayotgan har bir ishga ishtiyoqi bor. Energiyasi va kimligi sababli men uni yana ko'rishni xohlardim. Ammo shu bilan birga, uning qoldirgan merosi hozir juda ulkan. U «Dortmund» va «Liverpul»da shu qadar yaxshi ishladiki, boshqa klubda bundan ham yaxshiroq biror narsa qila olishini tasavvur qila olmayman. Balki, u erishganlaridan shunchaki mamnundir va endi boshqa ishlar bilan shug'ullanayotgandir. Nazarimda, "Liverpul"dagi ish unga qimmatga tushdi — u ruhan va jismonan charchagandi, chunki bu ishga borini, butun energiyasini bergandi", — dedi Riise.
Angliya terma jamoasini hozirda Tomas Tuxel boshqarmoqda. Uning shartnomasi 2026 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq Klopp Red Bull kompaniyasining futbol yo'nalishi bo'yicha global rahbari lavozimini egallagan va kompaniyaning barcha klublarini nazorat qiladi. Germaniyalik mutaxassis "Liverpul"ni 2023/24 yilgi mavsum yakunida tark etgandi.
Klopp "Borussiya"ni 2008 yildan 2015 yilgacha boshqarib, klub bilan ikki marta Germaniya chempionatida, ikki marta Superkubokda va bir marta mamlakat Kubogida g'olib chiqqan, Chempionlar Ligasi finaliga qadar etib borgan. "Liverpul" bilan u Angliya chempioni, Chempionlar Ligasi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati, UEFA Superkubogi, Angliya Kubogi g'olibi bo'ldi, ikki marta Angliya Liga kubogini va bir marta Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar