So’nggi yangiliklar

10:40АПЛнинг сўнгги ўрнидаги жамоани мағлуб этолмаган Аморим нималар деди?  1 10:06Европанинг ТОП клубларига "Ал Ҳилол" футболчиси кeрак  0 09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  2 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  3 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  3 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  5 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  39 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  6 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  8 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  1 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  2 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  6

Livan-2000. O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi sharmandali mag'lubiyat bilan yodda qolgan Osiyo kubogi Yangiliklar

Livan-2000. O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi sharmandali mag'lubiyat bilan yodda qolgan Osiyo kubogi

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroklariga oid turkum maqolalarimiz davom etadi.

Bundan yigirma uch yil oldin O'zbekiston milliy terma jamoasi Livandagi Osiyo kubogi-2000'da o'zining tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. 

1999 yil terma jamoamiz Mahmud Rahimov murabbiyligida BAAdagi saralash turnirida muvafaqiyatli ishtirok etadi va guruhdagi barcha jamoalarni mag'lub etib ortga yo'llanma bilan qaytadi. Eng ahamiyatlisi vakillarimiz hal qiluvchi uchrashuvda mezbon BAA termasini mag'lubiyatga uchratishadi. Hal qiluvchi golini Maksim SHackix uradi. Yigitlarimizni kvalifikacion bosqichda g'alaba sari etaklay olgan murabbiy yil yakunida baxtsiz hodisa sabab vafot etadi. Tabiiyki, bunday sharoitda yangi murabbiy topish oson ish emasdi, chunki o'sha vaqtlarda terma jamoaga yangi murabbiy olib kelish uchun mablag' bo'lmagan, degan gaplar yuradi. Avvaliga, Viktor Barisov so'ng Pavel Sadirin murabbiylik postiga o'tirib ko'radi. Ammo, ular jamoani bitta o'yindan ortiq boshqarishmaydi. Boshqa ilojini topa olmagan O'zbekiston futbol federaciyasi “Neftchi” murabbiyi Yuriy Sarkisyan nomzodini tanlaydi. 

Respublikamizdagi taniqli mutaxassis 1996-1997 yillarda ham milliy jamoa murabbiylar shtabida Rustam Mirsodiqovga yaqindan ko'maklashgan. SHunday qilib, Sarkisyan 2000 yil iyunida terma jamoa bosh murabbiyiga aylanadi. Bu davrda futbolimiz o'zining og'ir damlarini boshdan o'tkazayotgandi.  O'rtoqlik uchrashuvlari esa viloyatlarda tashkil qilinardi. 1999 yilgi terma jamoaning yig'inlari uchun Samarqandning “Dinamo” stadioni baza vazifasini o'taydi. Ozarbayjon bilan o'rtoqlik uchrashuvi ham shu erda tashkil etiladi. Musobaqaga kayfiyatsiz, aniq o'yin uslubisiz, tayyorgarliksiz borgan termamiz shunga yarasha natija qayd etadi. Xuddiki, bu musobaqa hech kimga kerak bo'lmagandek taassurot qoldirgan. 

Qita kubogi oktyabr oyida o'tkazilayotganligi sababli futbolchilarni jalb qilish muammo bo'lgandi. Boisi, bu paytga kelib ko'plab xorij jamoalari chempionlar ligasi va boshqa xalqaro o'yinlarda ishtirok etardi. Aniqrog'i, FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi sabab qiyinchiliklar kuzatiladi. Ammo, turnirga yo'l olgan tarkibni kuchsiz deb bo'lmasdi. Tarkibga etibor qarating Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Fyodorov, Davron Fayziev, Sergey Lebedov, Otabek SHomurodov, Nematulla Quttiboev, Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, Maksim SHackix va hokazo. Yulduzlarga to'la tarkib bilan qanday qilib yutqazish mumkin dersiz. Sabab sifatida ularni birlashtira oladigan, motivaciya bera oladigan murabbiy yo'qligi bilan izohlash mumkin. Turnir startida hamyurtlarimiz Qatarga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi va durangga rozi bo'lishadi. Qosimovning jarima zarbasidan urgan goli mag'lubiyatdan qutqarib qolgan. Yaponlar bilan bahs butkul kutilmagan scenariy ostida kechadi. Futbolchilarimizni shu kuni tanib bo'lmasdi. Go'yoki, birinchi marotaba maydonga tushgandek taassurot qoldirishadi. “Samuraylar” 25 daqiqaga qadar Pavel Bugalo darvozasini besh bor o'qqa tutishadi, Maroshima, Nishizava, Takaxaralarni himoyachilar to'xtatib qola olishmaydi. 

O'YIN VIDEOSI

Qosimovning Qatarga urgan goli

29-daqiqaga kelib Sergey Lushan javob to'pini kiritadi. Orada posbonimiz Bugalo raqib futbolchisi tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytaradi. Lushanning goliga javoban raqiblar yana uchta gol urishadi va ochiqchasiga ustimizdan kulishadi. Yuqori darajadgi ijrochilardan iborat terma jamoamizni bu mag'lubiyatiga ko'pchilik ishonmasligi tabiiy. Biroq bu  rost. To'rt yil oldingi Osiyo kubogida ham bu yurt vakillariga yirik hisobda yutqazganmiz. Lekin, bunday hunuk tarzda emas. Yaponiya allaqachon zamonaviy futbolga o'tib bo'lgandi. Bizda esa allaqachon avlodlar almashinuvi jaryonini o'tkazish davri kelgandi. Yakunda Sergey Lebedov, Igor SHkvirinlar terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasashadi. 


"Jamoada jipslashuv bo'lmagan. Hamma turlicha holatda terma ixtiyoriga etib borgandi. Terma jamoa birlasha olmagandi",- deydi Pavel Bugalo


Uchinchi turga ruhan tushkun holda etib kelgan vakillarimiz Saudiya Arabistoniga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etgan Muhammad Al SHalhub uzoq yillar Saudiya Arabistoni terma jamoasi va "Al Hilol" safida to'p tepdi. Hozirda murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. 

Osiyo kubogi – 2000. Guruh bosqichi 1-tur

14.10.2000. Sayda(Livan). "Municipal" stadioni

O'zbekiston – Qatar 1:1

Bosh hakam: Nazri Muhammad (Malayziya)

Gollar: Muhammad Al Blushi 61 - Mirjalol Qosimov 73

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Fyodorov, Mirjalol Qosimov, Otabek SHomurodov (Nematulla Quttiboev, 70), Nikolay SHirshov, Maksim SHackix, Davron Fayziev, Sergey Lebedev, Rustam Do'rmonov (Andrey Akopyanc, 75), SHuhrat Rahmonqulov (Igor SHkvirin, 46)


Osiyo kubogi – 2000. Guruh bosqichi 2-tur

17.10.2000. Sayda(Livan)

O'zbekiston – Yaponiya 1:8

Bosh hakam: Maydin SHamsul (Singapur)

Gollar: Sergey Lushan(29), - Maroshima(7), Nishizava(14, 25, 49), Takaxara(18, 20, 57), Kitishima(79).

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Baxtiyor Ashurmatov, Andrey Fyodorov, Fevzi Davletov (Sergey Lebedev,25), Sergey Lushan, Mirjalol Qosimov, Nikolay SHirshov, Aleksandr Xvostunov, Abdumajid Toirov (Otabek SHomurodov, 60), Muxtor Qurbonov(Igor SHkvirin, 46), Maksim SHackix.


Osiyo kubogi – 2000. Guruh bosqichi 3-tur

20.10.2000. Sayda(Livan)

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 5:0

Bosh hakam: Kim Yung Ju (Janubiy Koreya)

Gollar: Marzuk Al Otaibi 17, Muhammad Al SHalxub 36, 77, 86, Navaf Al Temiyat 88

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Mirjalol Qosimov (Nematulla Quttiboev, 82), Sergey Lushchan, Otabek SHomurodov (Baxtiyor Ashurmatov,46), Nikolay SHirshov, Maksim SHackix, Andrey Akopyanc, Davron Fayziev, Sergey Lebedev, Aleksandr Xvostunov, Rustam Do'rmonov (Umid Isoqov,46)


Abdusalom Djalilov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика