Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi dastlabki o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin
16 sen 2020 13:48
Yangiliklar
Lionel Messi Ispaniya chempionatidagi dastlabki o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 2020/21 yilgi mavsum 3ta tur o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.
Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi o'yinchini Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 o'yinlari uchun saralashning dastlabki o'yinlariga chaqirmoqchi.
Bunday holatda forvard "Barselona"ning 3 o'yinini o'tkazib yuboradi. COVID-19'ga qarshi kurash protokolida yangi davlatga kelgandan so'ng ikki haftalik karantin ko'zda tutiladi.
Agar Messi milliy terma jamoadan chaqiruv olsa, u holda Argentinaga saralash o'yinlari boshlanishidan ikki hafta oldin borishiga to'g'ri keladi. SHunday ekan hujumchi "Barselona"ning "Vilyarreal", "Selta" va "Sevilya"ga qarshi o'yinlarini o'tkazib yuboradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar