So’nggi yangiliklar

16:51"Футбол олами". Финалларда ҳакамлар хатоси одат тусига кирди  2 16:38"Финалиссима" барибир Мадридда бўладиган бўлди  7 16:15Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби "Нефтчи"ни тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  5 15:53"Бавария"да дарвозабонлар қолмади — барчаси жароҳатланган  1 15:25Флик ва Деку Рэшфорднинг келажаги бўйича турлича қарашга эга  2 14:56Родри: "Биз курашни давом эттирамиз"  8 14:29Романо: Испания ва Аргентина терма жамоалари футболчилари Финалиссима ўйинида майдонга тушишга тайёр эди  2 14:01Эшли Коул Италия клуби бош мураббийи этиб тайинланди  1 13:33Гави майдонга қайтиши ҳақида: "Флик доимо мен билан бирга эди, худди отамдек"  0 13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  1 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  10 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  4 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  13 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  2 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  4

Lionel Messi: "Biz o'yinni tomoshabinlarsiz tasavvur qilishimiz va bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Bu g'alati" Yangiliklar

Lionel Messi: "Biz o'yinni tomoshabinlarsiz tasavvur qilishimiz va bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Bu g'alati"

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi tomoshabinlarsiz o'tadigan La Liga haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Aytishlaricha, Ispaniya chempionati tomoshabinlarsiz yakunlanadi, bu esa bir qator muammolarni keltirib chiqaradi.

Jamoa tayyorgarlik ko'rmoqda. Ammo o'yinni tomoshabinlarsiz tasavvur qilishimiz va bunga oldindan tayyor bo'lishimiz kerak. Bu g'alati"

Men buni uyda (tomoshabinlarsiz o'ynash) qilib ko'rganman va bu juda g'aroyib edi. Dunyoda nimalar bo'layotganini hisobga olgan holda, liga mavsumni shunday davom ettirishi odatiy hol. Bu mutlaqo tushunarli.

Biz yana o'ynashni boshlaganimizda, xuddi hammasi boshidan boshlanganga o'xshaydi. Hozir tayyorgarlik ko'rishga vaqtimiz bor va jarohat olgan asosiy o'yinchilar ham safga qaytishlari mumkin.

Texnik jihatdan, bu mavsumning davomi bo'ladi, lekin menimcha, har bir futbolchi va har bir jamoa o'zini boshqacha his qiladi", - dedi Messi.

Oldinroq, La Liga 8 yoki 11 iyun kuni tiklanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

"Barselona" turnir jadvalida "Real"ni ikki ochkoga orta qoldirib, 58 ochko bilan etakchilik qilmoqda.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика