Levchenko: "Maqsadimiz uch ochko olish edi va bunga erishdik, muxlislarga esa bunday havoda stadionga kelganlari uchun katta respekt!"
03 mar 2024 00:18
Yangiliklar
Levchenko: "Maqsadimiz uch ochko olish edi va bunga erishdik, muxlislarga esa bunday havoda stadionga kelganlari uchun katta respekt!"
"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko O'zbekiston Superligasi 1-turi doirasidagi "So'g'diyona" (2:1)ga qarshi safardagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi navbatda, barcha muxlislarni chempionat boshlanishi bilan tabriklayman. Havo salqin bo'lsa ham tribunalarda ko'plab muxlislar bor edi. SHunday ekan, bunday havoda ikki jamoani ham qo'llab-quvvatlashga kelganlari uchun ularga katta respekt! O'yinga kelsak, bahorgi bahs bo'ldi, ko'plab kurashlar, ko'plab to'qnashuvlar, shunday ekan o'ylanmalar va qandaydir kombinaciyalar kam bo'ldi. Jamoalarning hali o'yinga kirib olmaganlari tushunarli holat.
Bugun biz uchun asosiysi uch ochko olish edi va buni uddaladik, yigitlarimni g'alaba bilan tabriklayman", — dedi farg'onaliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar