Levandovski ketma-ket ikkinchi bor "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi
23 may 2022 20:28
Yangiliklar
Levandovski ketma-ket ikkinchi bor "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi
Robert Levandovski ketma-ket ikkinchi mavsum Evropaning "Oltin butsasi"ni qo'lga kiritdi.
"Bavariya" forvardi Germaniya chempionatining 34 o'yinida 35 ta gol urgan hamda 70 ochko jamg'argan (Top-5 liga koefficienti bo'yicha har bir golga 2 ochko beriladi).
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 28 ta gol urgan holda 56 ochko bilan ikkinchi o'rinni qayd etdi.
CHiro Immobile (“Lacio”) va Karim Benzema (“Real Madrid”) 54 ochkodan (A Seriya va La Ligada 27 tadan gol urgan) jamg'argan.
Levandovski o'tgan mavsumda ham Bundesligada 41 ta gol (82 ochko) bilan "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar