So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  1 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  13

Laziz Ubaydullaev: “Takliflarni ko'rib chiqishga tayyorman” Yangiliklar

Laziz Ubaydullaev: “Takliflarni ko'rib chiqishga tayyorman”

O'tgan yil “SHo'rtan” jamoasi sharafini himoya qilgan Laziz Ubaydullaev ayni damda hech bir jamoa safida ko'rinmayapti.

Mavsum yakunlari bo'yicha statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, 30 yoshli futbolchi g'uzorliklar safida 20ta uchrashuv (1446 daqiqa) o'tkazib, o'z hisobiga 3ta gol yozdirib qo'yishga erishdi. Bir so'z bilan aytganda, Ubaydullaev “SHo'rtan” asosiy futbolchilaridan biri bo'la oldi. G'uzor jamoasi FIFA tomonidan quyi ligaga tushirib yuborilgach, futbolchilar o'ziga yangi jamoa qidirmoqda. Xo'sh, Lazizning kelgusi rejalari qanday? Uni yaqin orada qaysi jamoada ko'rishimiz mumkin? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Ubaydullaev bilan suhbatlashdik.

- Laziz aka, o'tgan yili FIFA tomonidan “SHo'rtan” jamoasi malum sabablarga ko'ra, quyi ligaga ravona bo'ldi. SHundan so'ng etakchi futbolchilar ham o'zlariga yangi jamoa qidirish payiga tushdi. Siz ham endi G'uzorda qolmasingiz kerak?
- Haqiqatdan ham o'tgan yili kutilmaganda FIFA tomonidan chiqarilgan qaror jamoaning pro-ligaga tushirib yubordi. Bunday bo'lishini hech kim kutmagandi. To'g'ri, endi futbolchilar ham bu yil o'ziga boshqa jamoa topishga xarakat qilmoqda. CHunki “SHo'rtan”da moliyaviy imkoniyatlar ham qoniqarsiz darajada. Klubning futbolchilar oldida qarzdorligi mavjud. Hammamiz klubni to'liq hisob-kitob qilishini kutyapmiz. Ammo bu borada hech qanday sado yo'q.

- Hozirgi kunga kelib klublarimizda tayyorgarlik avjida. Ayniqsa super liga jamoalari deyarli o'z tarkibini shakllantirib olishga erishdi desa ham bo'ladi. Biroq Sizni hech bir jamoa yig'inida ko'rmayapmiz. Buni qanday izohlaysiz?
- “SHo'rtan” bilan tuzgan shartnomam yakuniga etdi. Ochig'ini aytganda, oldimda jiddiy takliflar yo'q. SHu bois hozir uydaman. O'zim yakka tartibda shug'ullanib turibman. Umid qilamanki, yaqin orada o'z jamoamni topaman.  

- O'tgan yilgi faoliyatingizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Yanvar oyida oyog'imni operaciya qildirganmdim. SHundan so'ng malum muddat maydon tashqarisida yurdim. Asta-sekin Asror Aliqulov boshqaruvidagi “SHo'rtan” yoshlar jamoasi bilan birga shug'ullanib, sport formamni tiklab bordim. Birinchi davra oxirlariga borib yana asosiy tarkibda o'ynab ketdim. Yarim yil men uchun tiklanish bo'ldi. Ikkinchi davrada deyarli har bir o'yinda maydonga tushdim va bor kuchim bilan xarakat qildim.

- Agarda pro-liga klublaridan chorlovlar bo'lsa, qanday yo'l tutatsiz?
- Bu ko'proq qaysi jamoa va taklifning qanday bo'lishiga bog'liq. Agarda o'z oldiga super ligaga chiqish vazifasini qo'ygan hamda sharoitlari yaxshi bo'lgan klub taklif etsa, borib yordam berishga tayyorman. CHempionat startiga qadar hali vaqt bor va yaqin orada menda variant bo'ladi.  


Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика