Tim Xovard: "Gvardiola futbolni dabdala qildi"
24 sen 2024 19:25
Yangiliklar
Tim Xovard: "Gvardiola futbolni dabdala qildi"
AQSH terma jamoasi sobiq futbolchisi Tim Xovard jamoaning yangi ustozi Maurisio Pochettinoni "tiki-taka" qurboniga aylanmaslikka chaqirdi.
Xovardning fikricha, Xosep Gvardiolaning o'yin uslubi hammaga ham to'g'ri kelavermaydi.
"Xosep Gvardiola futbolni dabdala qildi. U hammani dominant futbol ko'rsata olishiga ishontirib qo'ydi. Biroq aslida unday emas. Butun dunyoda bor yo'g'i 3 ta jamoa bu ishni chindan alo darajada bajara oladi", - dedi Xovard "It's Called Soccer" podkastida.
Eslatib o'tamiz, Maurisio Pochettino bir necha hafta avval AQSH terma jamoasi boshqaruvini qo'lga oldi. Argentinalik jamoani Amerikada o'tadigan JCH-2026ga tayyorlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar