PRO-Liga. "Buxoro" "SHo'rtan" ustidan yirik g'alabaga erishib, jadvalda etakchi bo'lib oldi
03 okt 2024 18:00
Yangiliklar
PRO-Liga. "Buxoro" "SHo'rtan" ustidan yirik g'alabaga erishib, jadvalda etakchi bo'lib oldi
Buxorolik futbolchilar mehmonlarga umuman imkon qoldirishmadi va yirik — 3:0 hisobida zafar quchdi.
Dominik Begich aniq zarbasi bilan 35-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Ikkinchi bo'lim avvalida, aniqrog'i 51-daqiqada, Ravshan Hayrullaev oradagi farqni ikkitaga oshirdi.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada esa Marko Kolakovich yakuniy hisobni o'rnatdi — 3:0.
SHu tariqa, "Buxoro" 22 o'yinda 45 ochko jamg'arib, "Mashal"ni (44) quvib o'tdi. Biroq takidlash lozim, muborakliklar mazkur tur doirasidagi bahslari hali o'tkazishmagan.
Pro liga, 22-tur
"Buxoro" – "SHo'rtan" 3:0
Gollar: Dominik Begich (35`), Ravshan Hayrullaev (51`), Marko Kolakovich (90+1`)
3 oktyabr. Toshkent viloyati. "Do'stlik" stadioni
Hakamlar: Asker Najafaliev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Mamur Ilhomov
VAR: Nasiba Toshmuhammedova
AVAR: Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Oybek Yunusov
"Buxoro": 1.SHirinboy Abdullaev, 2.Izzatillo Po'latov, 6.Ravshan Xayrullaev, 8.Anvarjon Jo'raev (71.Albert Nurullaev 72), 17.Javohir Ro'ziev, 29.Vitaliy Denisov, 77.Asilbek Qayumov, 80.Milan Mirosavlevich, 88.Dominik Begich (96.Jasurbek Ubaydulloev 88), 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich.
Zaxira: 12.Akmal Tursunboev, 10.Izztailla Abdullaev, 11.Jasur Hasanov, 16.Artyom Filiposyan, 19.Suhrob Berdiev, 23.Behruz SHodmonov, 65.Amirhussayin Rivandi.
"SHo'rtan": 25.Mirzohid Mamatxonov, 3.SHukurali Po'latov, 5.Timur Nabiev, 9.Mahmud Jo'raboev, 20.Jasurbek O'rinov (4.Ulug'bek Xudayberdiev), 22.Sardor Sadullaev, 27.Nodirbek Mukarov, 70.Mirjalol Jumaev (55.CHoriyor Tursunqulov), 77.Abdullox Olimov, 94.Nuriddin Xasanov, 99.SHeroz Jalolov.
Zaxira: 33.Rustam Nartadjiev, 7.Bekzod Suvonov, 8.SHaxboz Nuriddinov, 10.Muxriddin Zoirov, 11.Jasur Xolto'raev, 15.Jo'rabek Mannonov, 30.Asadbek Saitxonov.
Ogohlantirishlar: Izzat Po'latov 15` - SHeroz Jalolov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar