So’nggi yangiliklar

15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  0 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  6 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  0 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1 12:26Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 11:58"Ньюкасл" 55 млн фунтлик трансферни амалга оширди  1 11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  2 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  11 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  1 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  1

Germaniyalik bolalar futboli bo'yicha mutaxassis “SHo'rtan” futbol klubiga keldi Yangiliklar

Germaniyalik bolalar futboli bo'yicha mutaxassis “SHo'rtan” futbol klubiga keldi

Teglar :  SHo'rtan
Germaniyaning “Hannover 96” futbol klubi akademiyasi murabbiyi Andrey Vaybert “SHo'rtan” futbol klubi murabbiylariga bir hafta davomida o'z ko'nikmlarini va Evropa metodini o'rgatadi.

Andrey Vaybert ancha yillar oldin ham O'zbekistonga kelib, o'zbek futbol klublariga o'z tajribalarini ulashgan. Bundan 10 yil avval "Nasaf" klubiga ham tashrif buyurgan. Xullas o'zbek futboli haqida tasavvurga ega mutaxassis hisoblanadi.

Germaniyalik futbol mutaxassisi G'uzor tumanida joylashgan “SHo'rtan” futbol klubiga tegishli stadion, futbol akdemiyasi va klubga tegishli infratuzilmalar bilan yaqindan tanishdi. Akademiyamiz va bosh jamoamiz futbolchilari, murabbiylari bilan uchrashdi. Ular bilan do'stona muloqotda bo'lib, qizg'in suhbat olib bordi.

Andrey Vaybert 5-oktyabrga qadar jamoamiz bilan birga bo'ladi va hozirgi kunda Evropa jamoalarida olib borilayotgan ish uslubi bilan yaqindan tanishtiradi. Jumladan futbolchilarga vitaminizaciyalardan qaysi paytda qanday foydalanish, to'g'ri ovqatlanish haqida tushunchalar beradi. Bunday tushunchalar futbolchilarga kelajakda ehtimoliy sodir bo'lishi mumkin bo'lgan jarohatlarning oldini olishda yordam berib, ularni doimo sog'lom bo'lishlariga xizmat qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика