Lautaro Martines “Inter”ning XXI asrdagi rekordini o'rnatdi
17 fev 2024 10:30
Yangiliklar
Lautaro Martines “Inter”ning XXI asrdagi rekordini o'rnatdi
“Inter”ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines A Seriya 25-turida “Salernitana” darvozasiga gol urdi.
Bu gol uning Italiya chempionatidagi joriy mavsumdagi 20-golidir. Lautaro 21-asrda ketma-ket uch mavsumda 20+ gol urgan birinchi “Inter” futbolchisiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, 2021/2022 va 2022/2023 yilgi mavsumlarda argentinalik futbolchi 21 tadan gol urgan bo'lsa, joriy mavsumda u 20 ta gol urishga ulgurdi.
SHuningdek, Lautaro “Inter”ning eng yaxshi to'purarlari reytingida Kristian Vierini ortda qoldirdi va endi u yana bir argentinalik Mauro Ikardi bilan ettinchi o'rinni bo'lishib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar