Latviyalik posbon, Olimpiadaga chiqqan futbolchi, chet ellik murabbiy va makedoniyalik to'purar. Superligada 9-turning eng yaxshilari
28 may 2024 17:48
Yangiliklar
Latviyalik posbon, Olimpiadaga chiqqan futbolchi, chet ellik murabbiy va makedoniyalik to'purar. Superligada 9-turning eng yaxshilari
"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi darvozaboni - Robert Ozols ("Qizilqum").
"Qizilqum" bu tur Toshkentda "Paxtakor" mehmoni bo'ldi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuv davomida Latviya terma jamoasi posboni bir necha bor "Qizilqum"ni goldan qutqardi. SHu tariqa Robert Ozols turning eng yaxshi darvozaboni bo'ldi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng yaxshi murabbiyi - Vesko Steshevich ("Metallurg").
Vesko Steshevich boshchiligidagi "Metallurg" bu tur o'z maydonida "Navbahor"ga qarshi o'ynadi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasida borayotgan "Metallurg" peshqadam "Navbahor"ni to'xtatishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa, Steshevich 9-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 9-turning eng chiroyli goli muallifi - Jasur Jaloliddinov ("Neftchi").
"Neftchi" mazkur tur Farg'onada OKMKni qabul qildi. Uchrashuvning 53-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov jarima to'pini ajoyib tarzda raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Aynan mana shu gol 9-turning eng chiroyli goli deb topildi.

"Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra, 9-turning eng yaxshi futbolchisi - Lyupche Doriev ("So'g'diyona").
"So'g'diyona" ushbu tur o'z maydonida "Bunyodkor"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. Mezbonlar hujumkor yarim himoyachisi Lyupche Doriev 11, 39 va 42-daqiqalarda uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Doriev 2010 yildan buyon O'zbekiston chempionatida xet-trik qayd etgan ikkinchi makedoniyalik futbolchiga aylandi. SHunday qilib, Lyupche Doriev Superligada 9-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar