So’nggi yangiliklar

22:00Абрамовичнинг найранглари панд берди: "Челси" рекорд жарима ва трансфер тақиқига учради  0 21:23Гвардиола: "Реал" ҳам кўп ютқазган"  2 20:38Болбойни йиқитган Нету жазодан қутулиб қолди  0 20:32Анчелотти "Реал"даги муаммолар ҳақида: "Мбаппенинг келиши Кроос ва Начонинг кетишига тўғри келди, ўзгаришлар доим ҳам силлиқ кечмайди"  1 19:57Жеррард "Ливерпул"дан қўнғироқ кутмоқда  7 19:30Руни Кэррик ҳақида қандай фикрда?  2 19:02"Реал" юлдуз футболчи учун 160 млн евро тўлашга тайёр. У Пересга ёқади  6 18:35"Челси"да босим ортиб бормоқда: Росеньор кетиши мумкин  1 18:07Сарри: "Модрич — камтарликнинг ҳақиқий намунаси"  0 17:39"Нефтчи" "Пахтакор"ни ютиб, Суперкубокни қўлга киритган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  15 17:17Бекобод шаҳри Ўзбекистон Кубоги финали ёки Суперкубокка мезбонлик қилиши мумкин?!  3 16:51"Футбол олами". Финалларда ҳакамлар хатоси одат тусига кирди  19 16:38"Финалиссима" барибир Мадридда бўладиган бўлди  13 16:15Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби "Нефтчи"ни тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  5 15:53"Бавария"да дарвозабонлар қолмади — барчаси жароҳатланган  1

"Barsa" uchun Neymardan ko'ra Lautaroning transferi muhimroq Yangiliklar

"Barsa" uchun Neymardan ko'ra Lautaroning transferi muhimroq

“Inter” hujumchisi “Barselona”ga o'tishga yaqin.

Diario Sport xabariga ko'ra, agar futbolchi Ispaniya chempionatiga o'tishni maqul ko'rsa, u “Real”ni emas, “Barselona”ni tanlaydi. Ammo kataloniyaliklar futbolchining APLga ko'chib o'tishidan xavotirda.

“Manchester Siti” va “CHelsi” futbolchining  transferi borasida Italiya klubiga taklif jo'natishga tayyor turishibdi. Ammo “Barselona” vakillari futbolchi ularning jamoasiga kelishiga ishonishmoqda. 

“Barselona” prezidenti Joze Bartomeuning fikricha, jamoa hujum chizig'iga yulduz futbolchi kerak. Klub Lautaro va PSJ hujumchisi Neymarga qiziqish bildirmoqda.

Ayni paytda Lautaroning transferi “Barselona” uchun Neymarnikiga qaraganda muhimroq. Har ikkala futbolchini sotib olish uchun klubda mablag' etarli emas. Argentinalik futbolchining klubga o'tish ehtimoli yuqoriligi shundaki, uning transferi borasidagi muzokara Neymarnikiga qaraganda engilroq kechishi aniq.

Martines bilan muzokaralar bir necha oydan buyon davom etmoqda. Lautaro faoliyatidagi navbatdagi qadamni tashlash niyatida va u Italiyani tark etmoqchi. U “Barselona”da Messi bilan to'p tepish niyatida. 

Masalaning moliyaviy tomonini tomonlar hali muhokama qilishgani yo'q. Koronavirus bilan bog'liq holatlar vaziyatni biroz sekinlashtirdi. Lautaro Kataloniya klubidan statusi uchun mos taklif kutayotgani aniq. Malum bo'lishicha, mart oyida muzokaralar borasida tomonlar bir to'xtamga kelishi kutilayotgandi. Ammo koronavirus vaziyatni o'zgartirib yubordi. 

Lautaroning vakillari “Siti” va “CHelsi” bilan ham gaplashib olishgan. “Barselona” ham bundan xabardor. Ammo futbolchining maqsadi Premer ligada to'p tepish emas.

“Inter” ham futbolchining qaroriga hurmat bilan munosabatda bo'lmoqda. Ammo uning  tovon puli 15 iyulga qadar 111 million evrodan kam bo'lmaydi. 

“Barselona” tomonining fikricha futbolchining tovon puli katta mablag' va kataloniyaliklar Vidalni “Inter”ga taklif etib, Lautaroning tovon pulini kamaytirish niyatidalar.

Joriy mavsumda Lautaro Martines “Inter” safida 22 uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика