"Lans" bosh murabbiyi: "Abduqodir Husanov jamoaga kelishi bilanoq juda yaxshi darajada ekanligini ko'rsatdi"
22 fev 2024 16:30
Yangiliklar
"Lans" bosh murabbiyi: "Abduqodir Husanov jamoaga kelishi bilanoq juda yaxshi darajada ekanligini ko'rsatdi"
Franciya klubi "Evropa-park-SHtadion"da "Frayburg"ga qarshi pley-offning javob uchrashuvida Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun maydonga tushadi. Birinchi o'yinda hisob ochilmagandi (0:0), shuning uchun bugungi bahs qizg'in pallada o'tishi kerak.

Uchrashuvdan oldin lansliklar ustozi Frank Ez himoyachi Abduqodir Husanov haqidagi savolga javob berdi.
- Husanov "Reyms" bilan o'yinda asosiy tarkibda tushgandi. Xo'sh, ertaga qaysi tanlovda to'xtalasiz?
- Barcha variantlar stolda. Abduqodir Husanov "Lans"ga kelishi bilanoq, til to'sig'iga va yosh bo'lishiga qaramay, juda yaxshi darajada ekanligini ko'rsatdi. U himoya markazining chapida, o'ngida va markazida harakat qila oladi va har doim yaxshi o'yin namoyish qiladi. SHuningdek, unga O'zbekiston kattalar terma jamoasida bo'lish tajriba orttirish imkonini berdi.
Jamoalar o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar