So’nggi yangiliklar

19:56Абдувоҳид Неъматов, Шерзод Насруллаев ва Умар Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  0 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  3 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   4 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  2 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  3 16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  3 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  12 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  11 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  1 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  3 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  21 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1

Omadimiz keldi, Yusupovga esa rahmat. O'zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag'lub etdi Yangiliklar

Omadimiz keldi, Yusupovga esa rahmat. O'zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag'lub etdi

JCH-2026 saralashi doirasidagi KXDR - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tdi.

JCH-2026 saralashi
KXDR — O'zbekiston 0:1 (TUGADI)
19.11.2024. Venten, "Lao" stadioni, 17:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Ahmad Al Ali, Alanezi Abdulhadi, Abbos Ahmad, Ammar Ashkanani (barchasi Kuvayt)
VAR: Abulloh Jamali (Kuvayt)
AVAR: Saud AL Samxan (Kuvayt)
Nazoratchi: Fong Yau Fat Jame (Gonkong)
Komissar: Benjamin Tan (Singapur).

Gol: Abbos Fayzullaev (Bobir Abdixoliqov) 44, 0:1

Amalga oshmagan penalti: Jong Io Gvan (O'tkir Yusupov qaytardi)

KXDR: 1.Kang Ju Xyok, 3.Jang Kuk CHol (s), 4.Kim Pom Xyok, 9.Ri Jo Guk (11.Jong Il Gvan,70), 10.Xan Kvang Song (12.CHoe Ju Song,88), 13.Ri Il Song, 14.CHoe Ok CHol, 15.Ri Un CHol ( 6.Ke Tam, 33), 16.Kim YU Song, 17.Kang Kuk CHol, 20.Paek CHung Song (22.Pak Kvang Xun,70)
Zaxira
: 18.Sin Tae Song, 21.YU Kvang Jun, 2.Kim Jin Xyok, 5.Kim Kum CHon,7.Ri Xun, 8.Sin Kvang Nam, 19.Kim Song Xe, 23.Jong Kum Song.

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odil Hamrobekov, 13.SHerzod Nasrullaev, 10.Jaloliddin Masharipov (11.Azizbek Amonov,79) (18.Abdulla Abdullaev,86), 15.Umar Eshmurodov, 17.Bobir Abdixoliqov (20.Hojimat Erkinov, 64), 22.Abbosbek Fazullaev ( 19.Azizbek Turg'unboev,79), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov, 8.Jamshid Iskanderov,   21.Abdurauf Bo'riev. 

Ogohlantirish: Bobir Abdixoliqov (O'zbekiston) 39, Jan Kuk CHol (KXDR) 55

CHetlatish: Umar Eshmurodov (O'zbekiston) 83

MATNLI TRANSLYACIYA


90. Yuraklarni o'ynatgan o'yin yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi. 

86. O'ZGARISH. Aziz Amonov o'rniga Abdulla Abdullaev tushdi.

84. O'TKIR YUSUPOOOOOOOV. Penaltini qaytardi. Barakalla O'tkir. Qahramon bo'lishing mumkin bugun. 

83. CHETLATISH. Umar Eshmurodov.

82. PENALTI. DARVOZAMIZGA. Etmaganiga qizil kartochka. 

80. UUUX. KXDR jarima maydonchamiz ichida Umar Eshmurodov to'pni qo'li bilan o'ynagan. Hakam VAR bilan gaplashmoqda. Katta ehtimol darvozamizga penalti. 

79. O'ZGARISH. Jaloliddin Masharipov o'rniga Aziz Amonov, Abbos Fayzullaev o'rniga Aziz Turg'unboev tushdi. 

70. KXDR ustunlikni qo'liga olmoqda. Zarbalari xavfli chiqyapti. 

65. O'ZGARISH. Bobir Abdixoliqov o'rniga Xojimat Erkinov tushdi. 

61. Akmal Mozgovoyga tibbiy yordam ko'rsatildi.

60. KXDRdan xavfli hujum. Raqib burchak zarbasini ishladi. O'tkir Yusupov o'z joyida. 

58. Hakamlar esa bu vaziyatga sariqdan boshqa chora ko'rishmadi. 

55. OGOHLANTIRISH, Jan Kuk CHol. KXDR sardori Jaloliddin Masharipov juda qo'pol harakat qildi. 

51. ZARBAAA. Bobir Abdixoliqov jarima maydonchasi ichida qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Unga bugun omad etishmayapti. 

46. To'p nazorati terma jamoamizda.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Nihoyat va nihoyat, aytdim aytdima uzoqdan zarba beraverish kerak edi. Abbos Fayzullaev jarima maydonchasiga yaqin joyda zarba berib chiroyli gol urdi. 

41. Vakillarimizdan hujum. Ammo, lekin, biroq...

39. O'tkir Yusupov xavfni bartaraf etdi. 

36. KXDR ham oldinga o'tdi. Ri Il Songning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

33. O'ZGARISH. KXDR, Ri Un CHol o'rniga Ke Tam tushdi. 

32. ZARBAAA. Bobir Abdixoliqov jarima maydonchasi ichida zarba berdi. Gol ura olmadi. 

30. O'zbekistondan navbatdagi xavfli hujum. Bobir Abdixoliqov va Abbos Fayzullaev jarima maydonchasi ichida bir birini tushuna olmadi. Nasrullaev yaxshi uzatmani bergandi. 

28. ZARBAAA. Eshmurodov zarba berishda shoshilib qoldi. Uning zarbasi xaddan tashqari kuchli chiqdi. 

26. Alijonovning uzatmasini raqib posboni qaytardi. 

24. ZARBAAAA. Xojiakbar Alijonovning uzoqdan tepgan to'pi darvozaga kirmadi. Noaniq. 

20. ZARBAAA. Abbosning burchakdan uzatib bergan to'pidan so'ng Aliqulov boshi bilan zarba berdi. Noaniq. 

19. ZARBAAA. Abbosdan zarba. Burchak zarbasi ishladik. Uzoqdan zarbalar beraverish kerak. 

17. Kombinaciyalar oxirigacha bormayapti.

13. ZARBAAAA. Abbos gazini bos. Uning zarbasi xavfli lekin noaniq ko'rinish oldi. Ustunlik bizda.

10. ZARBAAA. Masharipovning uzatmasidan so'ng Mozgovoy zarba yo'lladi. Jarima maydonchasi ichidagi tartibsizlikdan foydalana olmadik. Maydon holati....

8. Maydon holati juda og'ir. Bu maydonda paslar orqali kombinacion o'yin ko'rsatish qiyin. 

5. UUUUUX. Xavfli vaziyat. Alijonovning o'ng qanotdan bergan uzatmasiga Nasrullaev  jarima maydonchasi ichida zarba berishga urinib ko'rdi. Afsuski, urinish muvaffaqiyatli chiqmadi. 

2. Vakillarimizdan ilk oldinga yurish. Nasrullaevga nisbatan qo'pollik ishlatilgandek taassurot qoldirdi. O'yin davom etadi.

1. O'yinga start berildi.

- Tarkiblar tanishtirildi. Bizda bugun Akmal Mozgovoy debyut qiladi. 

- Madhiyamiz yangradi. Olg'a, O'zbekiston!

- Terma jamoamizni bugun faqat va faqat g'alaba qoniqtiradi. Terma jamoamizga bu yo'lda omad tilaymiz. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor. Biz ham tayyormiz. 

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика