So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  146 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  3 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

KXDR bosh murabbiyi: "Biz kutgan natija bo'lmadi" Yangiliklar

KXDR bosh murabbiyi: "Biz kutgan natija bo'lmadi"

JCH-2026 saralashi 3-bosqichi doirasidagi O'zbekiston va KXDR terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng (1:0) mehmonlar ustozi Sim Yong Gam uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Uchrashuv haqida...

- Bugun biz o'z maqsadimizga erisha olmadik. O'yin kutganimizdan yuqori tempda o'tdi. Biz yaxshiroq natija kutgandik. O'ylaymanki, navbatdagi o'yinlarga yuqoriroq darajada tayyorgarlik ko'rib, yaxshiroq natija ko'rsatishga harakat qilamiz. 

- KXDR bugun yaxshi harakat qildi deb hisoblaymiz. Jamoangiz ko'rsatgan o'yinga qanday baho berasiz?

- Barchaga malumki, futbolda doim ham o'zingiz istagan natijaga erisha olmaysiz. Bizning maqsadimiz - endi navbatdagi o'yinga asosiy etiborni qaratishdir. 

- O'zbekistonning qaysi jihati KXDR terma jamoasiga halal berdi deb o'ylasiz?

- Futbolda asosan taktikalar, sxemalar muhim ahamiyatga ega. Jamoalar doim ham o'zlari kutgan natijaga erisha olmaydi. O'zbekistonning kuchli jihati haqida gapirishni istamayman. Ularga shunchaki keyingi o'yinlarda omad tilayman. 

- Keyingi o'yin Qatarga qarshi bo'ladi. Ular O'zbekistonni ham mag'lub etishgan. Navbatdagi o'yin haqida nima deya olasiz?

- Aytib o'tganingizdek, Qatar kuchli jamoa va amaldagi Osiyo chempioni. Ular yaxshi tayyorgarlikka ega. Futbolda barcha narsa, siz kutmagan narsalar ham sodir bo'lishi mumkin. Biz Qatar bilan o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz lozim va shu orqali biz yaxshi natijaga ega bo'lishimiz mumkin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика