So’nggi yangiliklar

08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  0 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  12 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  7 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  84 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1

KXDR bilan o'yinlar yodingizdami? Yangiliklar

KXDR bilan o'yinlar yodingizdami?

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda KXDR termasiga qarshi bahs olib boradi.

JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan ushbu uchrashuv biz uchun katta ahamiyatga ega. Zero g'alaba qozonsak, yana hammasi joyiga tushadi va mundialga chiqish uchun qulay imkoniyatga ega bo'lamiz. Mabodo ochko yo'qotadigan bo'lsak, vazifa qiyinlashib buyog'iga yana matematika bilan shug'ullanishga to'g'ri keladi.

Malumot uchun, bugun o'yin KXDRga qarshi 11-uchrashuv sifatida tarixga kiradi. SHu paytgacha ushbu terma jamoa bilan 10 marta o'ynab, shundan 8tasida g'alaba qozonganmiz. Faqat bir marta imkoniyatni boy bergan bo'lsak, yana bitta uchrashuvda durang qayd etilgan.

KXDR terma jamoasiga qarshi 10 marta maydonga tushgan bo'lsak, shundan beshtasi JCH saralash bosqichi doirasida kechgan. Uchta bellashuv o'rtoqlik maqomida o'tkazilgan, shuningdek bir martadan Osiyo o'yinlari va Osiyo Kubogida duch kelganmiz. Barcha o'yinlarda to'plar nisbati 19-3.

07.12.1998. Bangkok. XIII Osiyo o'yinlari
O'zbekiston - KXDR 4:0
Gollar:
Nikolay SHirshov 2ta, Igor SHkvirin, Andrey Akopyanc.
O'zbekiston: Pavel Bugalo, Andrey Ryazancev, Andrey Fedorov, Aleksandr Xvostunov, Sergey Lebedev (Eduard MAmotov, 77), Nikolay SHirshov, Rashid G'ofurov, Sergey Lushchan, Andrey Akopyanc, Aleksey Semyonov (Aleksandr Sayun, 46), Igor SHkvirin (Mirjalol Qosimov, 65).




29.08.2008. Toshkent. O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - KXDR 0:0
O'ZBEKISTON:
Ignatiy NESTEROV, Ilhom SUYUNOV, Asror ALIQULOV (Xayrulla KARIMOV, 63), Baxtiyor ASHURMATOV, Islom INOMOV (Anzur ISMOILOV, 73), Aziz HAYDAROV, Viktor KARPENKO (Anvar G'OFUROV, 62), Odil AHMEDOV (Zayniddin TOJIEV, 46), Ildar MAGDEEV (Timur KAPADZE, 46), Server JEPAROV, Aleksandr GEYNRIX (Ulug'bek BAQOEV, 65).

11.10.2011. Pxenyan. JCH-2014 saralash bosqichi
KXDR - O'ZBEKISTON 0:1
Gol:
Aleksandr GEYNRIX
O'ZBEKISTON: Ignatiy NESTEROV, Jasur HASANOV (Vagiz GALIULIN, 32), Aziz HAYDAROV, Server JEPAROV, Odil AHMEDOV, Aleksandr GEYNRIX (Marat BIKMAEV, 64), Sanjar TURSUNOV, Timur KAPADZE, Vitaliy DENISOV, Islom TO'XTAXO'JAEV, Viktor KARPENKO (SHavkat MULLAJONOV, 55).

11.11.2011. Toshkent. JCH-2014 saralash bosqichi
O'ZBEKISTON - KXDR 1:0
Gol:
Timur KAPADZE
O'ZBEKISTON: Ignatiy NESTEROV, Aziz HAYDAROV, Server JEPAROV, Odil AHMEDOV, Aleksandr GEYNRIX, Maksim SHACKIX (Sanjar TURSUNOV, 75), Timur KAPADZE (Lutfulla TO'RAEV, 88), Vitaliy DENISOV, Islom TO'XTAXO'JAEV, Viktor KARPENKO (SHavkat MULLAJONOV, 55), Vagiz GALIULIN.

10.01.2015. Sidney. Osiyo Kubogi
O'ZBEKISTON - KXDR 1:0
Gol:
Igor SERGEEV
O'ZBEKISTON: Ignatiy NESTEROV, SHavkat MULLAJONOV, Anzur ISMOILOV, Vitaliy DENISOV, Akmal SHORAHMEDOV, Aziz HAYDAROV, Timur KAPADZE, Sanjar TURSUNOV (Jamshid ISKANDEROV, 90), Odil AHMEDOV (Sardor RASHIDOV, 72), Server JEPAROV, Igor SERGEEV (Bahodir NASIMOV, 89).




16.06.2015. Pxenyan. JCH-2018 saralash bosqichi
KXDR - O'ZBEKISTON 4:2
Gollar:
Igor SERGEEV, Sardor RASHIDOV.
O'ZBEKISTON: Ignatiy NESTEROV, SHavkat MULLAJONOV, Anzur ISMOILOV, Vitaliy DENISOV, SHuhrat MUHAMMADIEV (Farrux SAYFIEV, 70), Aziz HAYDAROV, Ikrom ALIBOEV (Bahodir NASIMOV, 34), Sardor RASHIDOV, Igor SERGEEV, Odil AHMEDOV, Sanjar TURSUNOV.

12.11.2015. Toshkent. JCH-2018 saralash bosqichi
O'ZBEKISTON - KXDR 3:1
Gollar:
Igor SERGEEV, Aleksandr GEYNRIX, Odil AHMEDOV.
O'ZBEKISTON: Aleksandr LOBANOV, Anzur ISMOILOV, Egor KRIMEC, Vitaliy DENISOV, Islom TO'XTAXO'JAEV, Aziz HAYDAROV, Odil AHMEDOV, Server JEPAROV (Jasur HASANOV, 75), Sardor RASHIDOV (Javohir SOHIBOV, 89), Igor SERGEEV, Marat BIKMAEV (Aleksandr GEYNRIX, 51).

13.10.2018. Toshkent. O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - KXDR 2:0
Gollar:
Marat BIKMAEV 2ta.
O'ZBEKISTON: Ignatiy NESTEROV, Davron HOSHIMOV, Egor KRIMEC, Anzur ISMOILOV, Vladimir KOZAK, Aziz HAYDAROV (Odil HAMROBEKOV, 36), Otabek SHUKUROV, Odil AHMEDOV (Javohir SIDIQOV, 70), Doston HAMDAMOV (Ivan NAGAEV, 67), (Husniddin G'OFUROV, 83), Eldor SHOMURODOV (Ikrom ALIBOEV, 66), Marat BIKMAEV.

07.06.2019. Toshkent. O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - KXDR 4:0
Gollar:
Odil AHMEDOV (penalti), Temurxo'ja ABDUXOLIQOV, Igor SERGEEV, Doston TURSUNOV.
O'ZBEKISTON: Sanjar QUVVATOV , Hojiakbar ALIJONOV (Davron HOSHIMOV, 46), Doston TURSUNOV, Akrom KOMILOV, Anzur ISMOILOV, Odil HAMROBEKOV, Ikrom ALIBOEV (Oston O'RUNOV, 66), Odil AHMEDOV (Sardor MIRZAEV, 84), Jaloliddin MASHARIPOV (Quvondiq RO'ZIEV, 84), Temurxo'ja ABDUXOLIQOV (Igor SERGEEV, 66), Doston IBRAGIMOV (Xurshid G'IYOSOV, 74).




05.09.2024. Toshkent. JCH-2026 saralash bosqichi
O'zbekiston – KXDR 1:0
Gol:
Jaloliddin Masharipov
O'zbekiston: O'tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov (Farruh Sayfiev, 70), Rustam Ashurmatov, Otabek SHukurov (Abdulla Abdullaev, 70), Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Akmal Mozgovoy, 87), Oston O'runov (Abbos Fayzullaev, 60), SHerzod Nasrullaev, Eldor SHomurodov (Bobir Abdixoliqov, 87), Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov.

Bu jamoa bilan oxirgi marta shu yilning 5 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida bahs olib borib, 1:0 hisobida zafar quchdik. SHu o'yinda Jaloliddin Masharipov g'alaba keltirganini juda yaxshi eslaysiz. Umuman olganda bugun ham omad va g'alaba biz tomonda bo'lishi kerak, chunki KXDR termasidan har jabhada kuchlimiz va buni yana bir bor maydonda isbotlasak bas.

X.Xoliqov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика