KXDR ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Yaponiyaga qarshi o'yindan so'ng yig'lab yubordi
29 fev 2024 22:54
Yangiliklar
KXDR ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Yaponiyaga qarshi o'yindan so'ng yig'lab yubordi
Yaponiya ayollar terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (SHimoliy Koreya)ni 2:1 hisobida mag'lub etdi va Parij Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoalar ishtirokidagi ilk o'yinda hisob ochilmagandi. Javob uchrashuvidan so'ng SHimoliy Koreya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Ri YU Il jamoasi Olimpiya o'yinlariga yo'l olmaganidan afsusda ekanligini aytib, ko'zyoshlarini tiya olmadi.
SHuningdek, u mazkur uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida “SHimoliy Koreya” atamasini ishlatgan Janubiy Koreya jurnalistidan noroziligini bildirdi.
Muxbir "SHimoliy Koreya ayollar futbol jamoasining bunchalik kuchli qarshilik ko'rsatganiga hayronman" degan so'zini tugatmasidan turib, "Kechirasiz, lekin mamlakat nomini to'g'ri aytish kerak. “Biz SHimoliy Koreya jamoasi emas, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi jamoasimiz”, deya javob qaytargan Ri YU Il.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar