So’nggi yangiliklar

03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  1 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  0 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  1 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  9 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0 00:09Умар Абдулраҳмон фаолиятини якунлади  6 23:55Винисиус "Барса" билан ўйиндан сўнг Алонсодан узр сўраган  1 23:50Лео Месси: "Ҳудо менга иқтидор берган бўлса-да, мен жуда кўп нарсаларни қурбон қилдим"  5 23:23Ўзбекистон U17 Ирландияга қарши ўйин учун тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ + ВИДЕО  0 22:59"Барселона" ҳимоячисининг бурни синди  0 22:30Аморим Роналдунинг МЮ ҳақидаги гапларига жавоб қайтарди  4 22:12Аргентина ЖЧ-2026 учун либосини тақдим қилди  1 21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  7

Kutib oling APLning yangi yulduzi Mixail Mudrik Yangiliklar

Kutib oling APLning yangi yulduzi Mixail Mudrik

Ukrainalik "Liverpul" himoyachilarini rostakamiga terlashga majbur qildi.

   Ukrainalik futbolchi Mixail Mudrik "CHelsi" safida biroz oldin "Liverpul"ga qarshi o'yinda debyut qildi. Mixail 55 chi daqiqada Luis Xollning o'rniga maydonga tushirildi. Etiborli tomoni ukrainalik garchi gol urmagan bo'lsada, o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. 35 daqiqa ichida 4 ga yaqin xavfli vaziyat yaratgan Mudrik foydali harakatlar ko'rsatkichi bo'yicha 92.9 foiz natija qayd etdi (o'yindagi eng yaxshi ko'rsatkich). 


  Matbuot anjumanlarida o'zini o'ta xotirjam tarzda tutib kelayotgan futbolchi yashil maydonda ham bosiq va vazmin holda vaziyatlarni to'g'ri baholay olishini namoyish qildi. Dario Srna "Mixail o'z poziciyasida Mbappe va Vinisiusdan keyin 3 chi futbolchi" deganida ko'pchilik kulgandi, ammo ko'rib turganingizdek ukrainalik "Liverpul" himoyachilarini rostakamiga terlashga majbur qildi. SHubham yo'qki, Potter futbolchini keyingi o'yinda asosiy tarkibga kiritadi. Ukrain murabbiyni shunga "majbur" qildi. Mudrik bugungi o'yini bilan APLga yana bir yulduz tashrif buyurgani, u bilan endi ehtiyot bo'lib muomalada bo'lishlari kerakligi haqida jar solgandek bo'ldi. Tumanli albion himoyachilari va darvozabonlari 22 yoshli vingerning harakatlarini o'ychan tarzda kuzatishgan bo'lsalar kerak. Ukrainalik futbolchilar ichida eng qimmatbahosiga aylangan Mudrik, sifat va sovrinlar bo'yicha ham eng zo'ri bo'lishni uddalaydimi yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi. Hozircha taxtni Andrey SHevchenkodek daho egallab turibdi...


Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика