Kurtua "The Best" haqida: "Xoland Messi va Mbappedan ko'ra sovringa munosibroq"
07 jan 2024 20:18
Yangiliklar
Kurtua "The Best" haqida: "Xoland Messi va Mbappedan ko'ra sovringa munosibroq"
Darvozabonning fikriga ko'ra, ushbu sovringa Erling hammadan ko'ra loyiqroq.
"Real Madrid" klubi darvozaboni Tibo Kurtua o'zining "The Best" sovrini haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.
Malumot uchun, FIFA tomonidan beriladigan ushbu sovringa Erling Xoland, Kilian Mbappe va Lionel Messining nomzodi qo'yilgan.
"Bu kabi o'yinchilarga qarshi o'ynash har doim ajoyib bo'lgan. Misol uchun, ECHLda Xolandning zarbalarini qaytarishni uddalaganman, hamma gollarni jamoadoshlari urgandi.
Mbappe va Messi – fantastik o'yinchilar, ammo shaxsiy fikrimcha, Xoland bu sovringa ulardan ko'ra munosibroq. Erling o'z jamoasi bilan hamma sovrinni yutdi.
SHu sabab ham, Erling ushbu mukofotga loyiq. Albatta, Messi va Mbappe ham juda ko'p gol urishdi. Ko'ramiz", -deydi Tibo Kurtua.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar