Kurtua so'nggi 45 yildagi eng yaxshi natijani qayd etdi
02 mar 2020 21:38
Yangiliklar
Kurtua so'nggi 45 yildagi eng yaxshi natijani qayd etdi
"Real" posboni Tibo Kurtua Primeroning 26-turida "Barselona"ga qarshi o'yinda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.
18 dekabr kuni tomonlarning ilk o'yinida ham ushbu posbon gol o'tkazib yubormagandi. SHu orqali Kurtua so'nggi 45 yilda bir mavsumdagi klasikolarda gol qo'yib yubormagan ilk darvozabon bo'ldi.
So'nggi bora 1974/75 yilgi mavsumda Migel Anxel ikki "El Klasiko"da o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi.
"Real" ushbu g'alabadan keyin turnir jadvalida "Barselona"ni quvib o'tdi va peshqadamga aylanib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar