Kuman: “Suares qolganda, boshqalarga nisbatan kamroq maydonga tushardi”
18 okt 2020 19:25
Yangiliklar
Kuman: “Suares qolganda, boshqalarga nisbatan kamroq maydonga tushardi”
“Barselona” ustozi Ronald Kuman Luis Suaresning jamoadan ketishiga munosabat bildirdi.
“Suares tatilda edi, bu esa vaziyatni murakkablashtirayotgandi. SHu sabab u bilan ko'rishib emas, balki telefon orqali suhbatlashdim. Boshqa variant ham yo'q edi.
Biror narsani o'zgartirish kerakligi aniq edi. Klub shunday deb hisobladi, men ham shunday o'yladim. Fati va Pedri kabi yosh iqtidorlar rivojlanib kelmoqda. Agar Suares qolganda, boshqalarga nisbatan kamroq maydonga tushardi.
Suaresning norozi bo'lganini tushunaman. Biroq, u ketayotganida barcha murabbiylar bilan xayrlashdi. O'ylashimcha, agar u kimdandir darg'azab bo'lsa, bunday qilmagan bo'lardi. Menimcha, biz imkon qadar ochiq va halol tarzda buni ish tutdik”, deydi Kuman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar