Kuman: “Messi dunyoda tengsiz. Bunga yanada ishonch hosil qildim”
04 okt 2020 07:16
Yangiliklar
Kuman: “Messi dunyoda tengsiz. Bunga yanada ishonch hosil qildim”
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman argentinalik hujum Lionel Messi bilan ishlash jarayoni haqida gapirdi.
“U doim mashg'ulotlarda ham, o'yinda ham yaxshi tomonlarini ko'rsatib kelgan. Jamoa sardori sifatida “Selta”ga qarshi bellashuvda u jamoaga katta yordam berdi. U dunyoda eng yaxshisi. Men uni mashg'ulotlarda kuzata turib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim”, deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakuniga etgach Messi jamoasi bilan xayrlashish niyatida edi. Ammo ko'k-anorranglilar rahbariyati futbolchini faqatgina 700 million evro tovon pulini to'lagan klubga ketishiga qarshi emasligini malum qilgach, 33 yoshli hujumchi jamoada qolishga majbur bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar