Kuman Dembelening ketishiga shama qildi: "Uning qolishi o'ziga bog'liq"
04 okt 2020 13:29
Yangiliklar
Kuman Dembelening ketishiga shama qildi: "Uning qolishi o'ziga bog'liq"
- Dembele haqida nima deya olasiz?
- Oldingi safargidek, hech nima demasligim mumkin. O'zgarish bo'lmayapti, gapirishga ham hech nima yo'q. Agarda Pedri maydonga tushayotgan bo'lsa, u bunga munosib bo'lmoqda.
Trinkao ham o'yinlarda qatnashishga loyiq. Dembele esa boshqacha futbolchi. Ayni damda u "Barselona"ga tegishli, biroq uning shunday bo'lib qolishi o'ziga bog'liq. Usmon bilan hali suhbatlashmadim.
- Dembelega hech bo'lmasa bir necha daqiqa o'ynashini aytmadingizmi?
- Jamoada raqobat juda yuqori. Ansu Dembeleni ortda qoldiryapti. Kimdir bundan norozi bo'lsa, menga aytaversin. Biroq men adolat tarafdoriman, odamlar xursand bo'lishini istayman.
Agarda bu erda bo'lishni istamasang, aytishing va ketishing mumkin. Dembele ham menga hech nima demayapti. Hech nima demayaptimi, demak, u kutyapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar