Krespo: "Men Ronaldudan Messini afzal ko'raman"
23 okt 2020 17:02
Yangiliklar
Krespo: "Men Ronaldudan Messini afzal ko'raman"
Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Ernan Krespo CHempionlar Ligasi doirasidagi "Yuventus" - "Barselona" o'yini va Ronaldu yoki Messidan birini tanlash borasida savolga javob berdi.
"Messini "Barselona"da xafa holda ko'rish yomon. Bu uning uyi. Umid qilamanki, u bilan hammasi yaxshilanadi, aks holda o'yinchi va muxlislar o'rtasidagi sevgi o'lishi mumkin.
"Yuventus" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Men Ronaldudan ko'ra Messini afzal ko'raman.
Leo - vatandoshim va men kichkinaligidan ko'rgan yigit. Kelasi yozda Amerika Kubogi bo'lib o'tadi, uning tashkilotchilari Argentina va Kolumbiyadir. Umid qilamanki, biz bu yo'lning so'nggiga qadar boramiz", - deydi Krespo.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus" - "Barselona" o'yini 28 oktyabrda Turinda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar