So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

"Krasnodar" - "Arsenal" uchrashuvi o'zbek jurnalisti nigohida FOTO Yangiliklar

"Krasnodar" - "Arsenal" uchrashuvi o'zbek jurnalisti nigohida FOTO

O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati olib borayotgan islohotlar natijasida, o'zbek futboli tarixida ilk marta, superliga klublari matbuot kotiblari uchun xorijda seminar tashkil etildi.

Bu seminar Rossiyaning Krasnodar shahrida o'tkazilmoqda.

«Krasnodar» futbol klubi matbuot xizmati va PFL matbuot xizmatlari kelishuvi asosida tashkil qilingan ushbu seminar, Rossiya chempionatining 26-turi doirasida o'tadigan «Krasnodar» hamda Tulaning «Arsenal» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga to'g'ri keldi.

Bizning safardan maqsadimiz Rossiya klublarida matbuot xizmati qay yo'sinda ish olib borishi, Rossiya stadionlarida OAV uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, bilmaganlarimizni o'rganishdan iborat edi. Biz Krasnodar shahriga etib kelgach, "Krasnodar" futbol klubi matbuot xizmati rahbari Denis Danilchenko bilan aloqaga chiqdik va albatta rejalarni kelishib oldik. CHempionat doirasida uy uchrashuvi o'tkazadigan jamoa xodimlarini ishlari bizsiz ham etarli bo'lishini yaxshi bilamiz. SHuning uchun Danilchenko bizga avval amaliyotda kurishimizni, o'rinbosarlar tarkiblari va asosiy jamoalarning o'yinlarida klub matbuot xizmati qanday ishlashini  bevosita kuzatishimizni taklif qildi.


SHunday qilib biz avval "Krasnodar" - "Arsenal" jamoalarining o'rinbosarlar tarkibi uchrashuvini stadionda tomosha qildik. O'yin 3-1 hisobida maydon egalarining g'alabasi bilan yakun topdi. Bu erda shuni aytishim mumkinki, o'rinbosarlar uyinida matbuot xizmati to'liq tarkibda ishladi. Yana shuni qo'shimcha qilmokchimanki, klub akademiyasining matbuot xizmati alohida ekan, lekin ular ham bosh jamoa matbuot xizmati rahbariga bo'ysunadi. Akademiya matbuot kotibi o'rinbosarlar tarkiblari uchrashuvida asosiy rolda bo'lar ekan.  O'rinbosarlar tarkiblari va asosiy tarkib o'yinlari jamoaning yutubdagi kanali orqali jonli ravishda translyaciya qilinadi va sharhlab boriladi. Rossiyada internet bizga qaraganda ancha tezligi yuqori ekan, shu bois translyaciyalarda muammoga duch kelishmaydi. Yoshlar jamoalari o'rtasidagi o'yin klub akademiyasiga qarashli stadionda bo'lib o'tdi. O'rinbosarlar tarkiblari uchrashuviga kirish bepul bo'lib, o'yin boshlanguncha qadar anchagina muxlis tashrif buyurganini alohida aytib o'tmoqchiman.

O'rinbosarlar tarkibida faqat yoshlar o'ynaydi. U erda asosiy tarkib futbolchilari umuman yo'q. SHu bois o'rinbosar va asosiy tarkiblar o'yinlar bir kunda o'tkazilaveradi. O'yindan so'ng klub sayti va ijtimoiy tarmoqlari uchun yosh futbolchilardan intervyular uyushtrildi. Futbolchilar bu borada yoshligidan professionallikka o'rgatib borilar ekan, yani intervyu berishdan hech kim bosh tortmaydi. Jamoa qanday natija ko'rsatishidan qatiy nazar.


SHundan sung biz klub akademiyasi faoliyati bilan tanishib chiqdik. Bizni quvontirgan jihat "Krasnodar" futbol akademiyasida, darvozabonlar murabbiyi sifatida barchamizga yaxshi tanish bulgan, o'z vaqtida terma jamoamiz darvozasini qo'riqlagan Oleg Belyakov ishlamoqda. Belyakov bizni ko'rganidan, biz esa mashhur darvozabonimiz bilan yana uchrashganimizdan xursand bo'ldik. Akademiya haqida boshqa hamkasblarim batafsil yozishadi, deb uylayman va bu mavzuga ko'p to'xtalmayman. CHunki, nafaqat Rossiya balki MDH davlatlaridagi eng yaxshi futbol akademiyasi haqida qisqacha yozib bo'lmaydi. U erda ko'rganlarimizdan eng asosiysi, jahon chempionati vaqtida  Krasnodar futbol akademiyasi, Ispaniya terma jamoasi ixtiyoriga berilar ekan. SHundan ham tushunsa bo'ladi bu erda qanday sharoitlar yaratilganligini.

Biz kunning ikkinchi yarmida «Krasnodar» - «Arsenal»(Tula) jamoalari o'rtasidagi o'yinni kuzatish uchun asosiy arenaga keldik. Klub matbuot xizmati bizga bergan akkreditaciya orqali muammosiz, media tribunaga etib keldik. Krasnodar stadionida matbuot xodimlari uchun alohida kirish joyi belgilangan va u erdan boshqalar kira olishmaydi.


Stadionga kirib ochig'i lol qoldik. SHaxsan o'zim dunyoning ko'plab stadionlarida futbol ko'rganman. Yaponiya, Xitoy, BAA, Saudiya Arabiyatoni, Turkiya, Misr, Katar kabi bir qator davlatlarning eng chiroyli stadionlarida bo'lish nasib etgan. Lekin Krasnodar stadioniga kirgach, bungacha ko'rgan stadionlarim, bu arena oldida hech narsa emas ekan, degan xulosaga keldim. Media tribunaga chiqish joyida media markaz tashkil qilingan bo'lib, u kattagina hududni egallagan va bu joyda OAV xodimlari ishlashlari uchun barcha shariotlar muhayyo qilingan. Markazdagi sharoitlar jurnalistlarni uyida ham bo'lmasa kerak, deb o'yladim. Mezbonlar bizga choy, kofe va eguliklar taklif qilishgach, tezroq media tribunadan joy olishimizni, o'yindan oldingi jarayonlarni kuzatishmizni eslatib o'tishdi. Biz ham tezda media tribunadan o'z joyimizni egalladik. Ikki og'iz media tribuna haqida. Bu er birinchi o'rinda stadionda futbol kurish uchun eng qulay joyda joylashgan. Media tribunada jurnalistlarning ishlashi uchun rozetka, simli va simsiz internet, qo'yingki nima kerak bo'lsa hammasi bor. Klub matbuot xizmati o'yinga chiqargan dasturlar bilan tanishib chiqqunimizcha, stadion tablolarida, o'yinga bag'ishlangan promo roliklar, reklama dasturlari boshlanib ketdi. Stadionga kirib o'tirishni o'zi kishiga olam-olam zavq beradi. Siz stadionga emas go'yoki, 5D kinoteatriga kirgandek bo'lasiz. Ovoz effektlari, tasvirlar sifati muxlsilarni barcha narsani unutib mazza qilib dam olishlariga sharoit yaratadi.


Uchrashuvda Krasnodar jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng klub matbuot kotibi xursand holda "qadamlaring yoqdi aziz mehmonlar" deb, bizni matbuot anjumanlar zaliga taklif qilishdi. Matbuot anjumani va mikst zonada jurnalistlarni qanday ishlashlarini kuzatdik. Bu jarayonlarda bevosita ishtirok etdik. Umuman olganda barchasi  biz kurib yurgan jarayon, faqat bu erda hammasi yuqori saviyada va sifatli tarzda bajarilmoqda.

Dastlabki kunni olam-olam taassurotlar bilan yakunladik. O'zimizning yon daftarlarimizga anchagina qilishmiz kerak bo'lgan narsalarni yozib oldik.
 Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, birinchi navbatda stadionlarda OAV xodimlari uchun sharoitlarni yanada yaxshilashimiz kerak ekan. Bu erda ularni ishlashlari uchun zarur bo'ladigan  har bir jihatga etibor berishimiz lozim. Internet, kompyuter, eguliklar, ishlash uchun qulay muhit. SHunda futbolimiz yanada yaxshiroq targ'ib qilinadi, muxlislarimizning stadionga tashriflari ortadi. Muxlis esa stadionga kelgach, ishdagi va uydagi barcha tashvishlarini unutib dam olib ketishi kerak.


Bizda hali Rossiyalik hamkasblarimizga ko'plab savollarimiz va ulardan o'rganadigan narsalarimiz bor. Bugun boshlanishi. Endi amaliyotda ko'rganlarimzni nazariyasiga o'tamiz. Seminar davom etadi. SHu o'rinda ushbu seminarni tashkillab berganlari uchun O'FA xamda  O'zbekiston professional futbol ligasi rahbariyatiga o'zimizni cheksiz minnatdorchiligimizni izhor kilmoqchimiz.


Akramjon MAMADALIEV,
Krasnodar shahridan.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика