Kosta-Rika terma jamoasi ustozi: "Bahsni "autsayder" sifatida boshlab, o'yin davomida burilish yasay oldik"
21 sen 2024 12:06
Yangiliklar
Kosta-Rika terma jamoasi ustozi: "Bahsni "autsayder" sifatida boshlab, o'yin davomida burilish yasay oldik"
- Jamoangizni g'alaba bilan va keyingi bosqichga yo'l olgani bilan tabriklayman. Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Kosta-Rika terma jamoasi uchrashuvni "autsayder" sifatida boshladi, ammo o'yin davomida biz vaziyatni o'zgartirib yubordik. Yigitlarning sayil harakatlari va kuchli ishtiyoq tufayli o'yinda burilish yasay oldik.
- Kosta-Rika terma jamoasi o'yinning qaysi paytida o'yinni o'zgartirishga o'zida kuch topa oldi?
- Bu o'yin Jahon chempionatidagi taqdirimizni hal qilardi. To'g'risini aytsam, bunchalik ko'p gollar bo'lishini kutmagandim. Sababi o'yin katta ahamiyatga ega edi. Mundialda har narsa sodir bo'lishi mumkin.
- O'zbekiston futzal terma jamoasi mashhur ispaniyalik bosh murabbiy bilan mundialga tayyorgarlik ko'rdi, ammo bugun ko'rganimizdek natija yaxshi bo'lmadi. O'zbekiston terma jamoasi haqida fikr bildirib o'tsangiz?
- Bosh murabbiyingiz terma jamoani yaxshi darajaga olib chiqqani ko'rinib turibdi. O'zbekiston terma jamoasi Venansio bilan ishlashda va rivojlanishda davom etishiga tilakdoshman. Bilasizmi, hozirgi kunda Ispaniya, Portugaliya, Braziliya, Argentina terma jamoalarining kuchliroq ekanligi yaqqol seziladi, qolgan terma jamoalar esa o'zaro raqobatlasha oladi va barchaning kuchi teng.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar