Koronavirus tufayli Kumanning "Barselona"ga kelish rejalari ham o'zgarib ketdi. Nega?
18 mar 2020 14:26
Yangiliklar
Koronavirus tufayli Kumanning "Barselona"ga kelish rejalari ham o'zgarib ketdi. Nega?
Niderlandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman "Barselona"ni shu yilda qabul qila olmaydi.
Muammo 56 yoshli murabbiyning terma jamoa bilan tuzgan shartnomasida. U Evro-2020 so'nggiga qadar amal qiladi, musobaqa keyingi yilga ko'chirilganini hisobga olsak, shartnoma o'z-o'zidan kamida bir yilga qadar uzayadi.
Kumanning terma bilan tuzgan shartnomasida aniq bir muddat ko'rsatilmagan. Faqatgina Evro-2020 yakuniga qadar degan band bor.
Eslatib o'tamiz, Kuman futbolchilik faoliyati davrida 1989-1995 yillar davomida Niderlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar