So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  6 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Ko'pchilik O'zbekiston terma jamoasini evropalik murabbiy boshqarishini xohlayapti (So'rovnoma yakunlari) Yangiliklar

Ko'pchilik O'zbekiston terma jamoasini evropalik murabbiy boshqarishini xohlayapti (So'rovnoma yakunlari)

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslaridagi ishtirokini ancha barvaqt tugatdi.

Biz shu paytgacha ikkinchi bosqichdan deyarli qiynalmay o'tib kelgandik. Lekin bu safar o'xshamadi. Guruh o'yinlarini Saudiya Arabistonidan so'ng ikkinchi o'rinda tugatgan bo'lsak-da, uchinchi raundga yo'l olish uchun bu etarli bo'lmadi. Natijada bosh murabbiy Vadim Abramov istefoga chiqarildi. 

Aslida shunday bo'lishi kutilgan hol edi, chunki odatda terma jamoa o'z oldiga qo'yilgan missiyani bajara olmasa, birinchi navbatda murabbiy ishdan ketadi. Endi bo'lsa bosh jamoamizni kim boshqaradi degan savol kun tartibida turibdi.

Telegram kanalimizga "O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi kerak?" sarlavhali so'rovnoma qo'ygandik. O'tgan vaqt davomida 14 mingdan ziyod muxlis so'rovda qatnashib, o'zlariga maqul variantni tanlashgan. 

So'rovnoma qatnashchilarining deyarli yarmi, yani 46 foizi "Bizga evropalik murabbiy kerak" variantida to'xtalgan. Murabbiylar orasida eng ko'p ovoz yig'gan Ro'ziqul Berdiev bo'ldi. "Nasaf" ustozi bu borada 29 foiz ovoz to'pladi. Quyidagi suratda so'rovnoma natijalarini keltirib o'tilgan. Kim yangi bosh murabbiyi bo'lishini esa O'FA hal qiladi.

 

Navbatdagi bosh murabbiy o'zimizdan bo'ladimi yoki chetdanmi, buni yaqin bir-bir yarim oy ichida bilib olsak ajab emas.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика