So’nggi yangiliklar

07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Kopa Amerikada nega muxlis kam? Yangiliklar

Kopa Amerikada nega muxlis kam?

Teglar :  Kopa Amerika
Kopa Amerikaning birinchi tur uchrashuvlari yakuniga etib, ikkinchi tur bahslari boshlandi.

Bazi jamoalar sifatli o'yin bilan xursand qilishdi, deyarli har bir bahsda shedevr gollar urildi, xatto qiziqarli voqealar ham ro'y berdi. Biroq stadionlarda muxlislar kamligi va ishqibozlarning ovozi chiqmayotgani hammasini zerikarli turnirga aylantiryapti.


To'g'ri, ushbu musobaqa o'yinlariga chiqarilgan chiptalar narxi qimmat, ammo muxlislar kamligiga boshqa sabablar ham bor. Bu qanchalik g'alati eshitilmasin, biroq Amerika Kubogi na braziliyaliklarda va na boshqa mamlakat vakillarida katta qiziqish uyg'otmayapti.


Braziliyaliklardan boshlaymiz. Ko'pchilikning fikricha, Braziliya aholisi futbol "jinnilari" va uni har kuni ko'rishga tayyor, ammo aslida bunday emas. Braziliyaliklar futbol o'ynashni yaxshi ko'rishadi, qaysidir klubni qo'llab-quvvatlashadi, ularning har biri o'zini terma jamoaning muxlisi deb hisoblaydi. Lekin bu ularning hammasi stadionga boradi degani emas. Mahalliy chempionat o'yinlariga o'rtacha 20 ming muxlis tashrif buyuradi (arenalar 44%ga to'ladi) va ayni damdagi Kopada ham natija shunday.

Ko'pchilik kabi braziliyaliklarni mashhur nomlar qiziqtiradi. Braziliya ligasida chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa uchrashuvi 10-15 ming muxlis yig'ishi mumkin. Ammo uch kun o'tib bu jamoalarning biri derbi yoki Libertadores kubogining pley-offida ishtirok etsa, ushbu bahs angshlash bo'ladi va chiptalar qimmat bo'lishiga qaramay stadion ishqibozlar bilan to'ladi.


JCH-2014ga nazar tashlaylik, bu turnir vaqtida chiptalar hozirgidan bir necha baravar qimmat edi, shunga qaramay har bir uchrashuvga o'rtacha 55 ming ishqiboz tashrif buyurgan. CHunki braziliyaliklar boshqa odamlar kabi jahon chempionatiga boshqacha qarashadi, bu sayyoramizdagi eng muhim turnir, lekin Kopa Amerika haqida bunday deb bo'lmaydi.


Reklama ham bunda katta rol o'ynaydi. FIFAning reklamaga ajratadigan byudjetini KONMEBOLniki bilan solishtirish mumkin emas. Jahon chempionati bilan hammasi tushunarli, ammo xatto Konfederaciyalar Kubogi (JCH repeticiyasi) o'yinlari 50 mingdan ortiq muxlislarni yig'a olgan! Takrorlaymiz, jamoalar mashhurligi katta rol o'ynaydi, braziliyaliklarga Ispaniya hamda Italiya o'yinini kuzatish maroqli. Ularga qo'shni qitadagilarni muhokama qilish qiziq emas.

CHetdan kelgan muxlislarga to'xtalamiz. Rossiyaga o'ng minglab janubiy amerikaliklar kelganini yaxshi eslaymiz va shu joyda mantiqli savol paydo bo'ladi: Nega ular yor yuzining narigi chetidagi musobaqaga ko'pchilik bo'lib borishadiyu, o'z qitasidagi turnirda bunday bayram qilishmaydi? Gap shundaki, JCHga borgan ko'plab janubiy amerikaliklar yaxshi pul topishadi va Evropa hamda AQSHda istiqomat qilishadi. Kopa Amerika ularga qiziq emas.


Janubiy Amerikalik muxlislar borasida gapiradigan bo'lsak, bu erda o'zgacha nyuanslar bor. Ular uchun ham JCH hammasidan ustun. Agar kimdir o'tgan yili Rossiyaga borgan bo'lsa, Braziliyadagi turnirga yo'l olmagan. G'alati bo'lishi mumkin, ammo haqiqatdan ham ularga JCH bilan solishtirganda Kopa Amerika qiziq emas. Turnir so'nggi yillarda har to'rt yilda, deyarli har ikki yilda o'tmoqda va bu ham muxlislar tashrifiga o'z tasirini o'tkazmoqda. Kolumbiya va argentinaliklar nega Braziliyaga borishsin, axir keyingi yil bu turnir ularning maydonlarida o'tadi. Bundan tashqari yana bir qiziq sabab, janubiy amerikaliklar bu qitadagi jamoalarining o'yinidan zerikishgan. CHunki JCH saralashida 10ta jamoa 2ta davrada o'zaro bahslar o'tkazishadi.


Pley-offda muxlislar oqimi ko'payadi, natijada har bir bahsga o'rtacha 25 ming ishqiboz tashrif buyuradi. So'nggi Kopa Amerikalarda shunday natija kuzatilgan.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика