Messi gol urgan bahsda Maskerano qo'l ostidagi "Inter Mayami" "Amerika"dan ustun keldi
19 jan 2025 11:21
Yangiliklar
Messi gol urgan bahsda Maskerano qo'l ostidagi "Inter Mayami" "Amerika"dan ustun keldi
O'yin "Alligant" stadionida bo'lib o'tdi. Bu bahs Maskerano uchun shaxsiy sabablarga ko'ra jamoani tark etgan Xerardo "Tata" Martino ketganidan keyingi ilk uchrashuv bo'ldi.
Lionel Messi penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba rasmiylashtirilgan dastlabki mavsumoldi o'yinda gol urdi. Argentinalik maestro tanaffusga oz vaqt qolganda hisobni tenglashtirdi – u 34-daqiqada Luis Suaresning aniq uzatmasini boshi bilan darvozaga yo'lladi. Bungacha "Amerika" azosi Enri Martin uchrashuvdagi birinchi to'pni kiritib ulgurgandi.

Tanaffusdan ko'p o'tmay, "Amerika" yana ustunlikni qo'lga oldi va 52-daqiqada Israel Reyes katta sahnaga chiqib, hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirdi.
Yaqinda "Mayami" murabbiyligini qo'lga olgan bosh murabbiy Xaver Maskerano 66-daqiqada Messini almashtirdi va yana bir qator o'zgarishlarga qo'l urdi. Mayamiliklar endi g'alaba qo'ldan ketdi deb turgan payt – 90+2-daqiqada Tomas Aviles burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga burib yubordi va muvozanatni tikladi.
SHu tariqa dramatik o'yin penaltilar seriyasiga qadar davom etdi va "Mayami" 3:2 hisobida g'alaba qozonib, mavsumoldi kampaniyasini g'alaba bilan boshladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar