Kopa sovrininga davogarlar ro'yxati elon qilindi
07 avg 2025 17:12
Yangiliklar
Kopa sovrininga davogarlar ro'yxati elon qilindi
Nufuzli "France Football" jurnali Kopa-2025 individual sovrini uchun davogarlik qilayotgan 10 nafar yosh iqtidor ro'yxatini taqdim etdi.
Ushbu sovrin mavsum davomida klub va termalar miqyosida yorqin o'yinlarini ko'rsatgan 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi futbolchiga beriladi.
Nomzodlar orasiga quyidagi futbolchilar kiritildi:
Ayyub Buaddi ("Lill"), Lamin Yamal ("Barselona"), Pau Kubarsi ("Barselona"), Dezire Due ("Pari Sen-Jermen"), Estevao Villian ("Chelsi"), Din Xyoysen ("Real"), Maylz Lyuis-Skelli ("Arsenal"), Rodrigo Mora ("Portu"), Joau Nevesh ("Pari Sen-Jermen"), Kenan Yildiz ("Yuventus").


Eslatib o'tamiz, mazkur sovrinning o'tgan yilgi sohibi "Barselona" azosi Lamin Yamal bo'lgandi. Taqdirlash marosimi 22 sentyabr kuni Parijdagi Shatle teatrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar