So’nggi yangiliklar

00:50АПЛ. "Ливерпуль" 90+6 дақиқада "Лидс"дан тўп ўтказиб юборди ва ғалабани қўлдан бой берди  31 00:45Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик  29 00:29МЛС кубоги финали. Месси, Суарес, Бускетс, Де Пауль ва Альбаси бор “Интер Майами” “Ванкувер”га қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  12 00:18"Атлетик" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:14А Серия. "Интер" ўз уйида "Комо"ни тор-мор этди  2 00:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Фенербахче" билан дуранг ўйнади, Шомуродов ва Файзуллаев илк дақиқалардан майдонда тушди  35 22:42Ўзбекистон МТЖнинг ЖЧ-2026 гуруҳ босқичидаги тақвими маълум  10 22:01АПЛ. "Ман Сити" ва "Тоттенхэм"да ғалаба, "Челси"да эса дуранг  28 21:46Бундеслига. "Бавария"дан 5:0, "Байер" эса меҳмонда мағлубиятга учради  1 21:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Коняспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 20:00Ўзбекистон U-21 га Иордания ва Қатарга қарши ўйинлар учун кимлар чақирилди?  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Арсенал"ни мағлуб этди ва жадвалда иккинчи ўринга кўтарилиб олди  36 17:49"Нефтчи" янги мавсум олдидан Ислом Исмоилов иштирокида матбуот анжумани ўтказди  18 17:30Достон Турсуновнинг ягона голи жамоасига ғалаба келтирди   2 17:04Лига ишчи гуруҳи Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони билан ишлашда давом этмоқда  2

"Los-Anjeles" klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga so'nggi bo'lib yo'l oldi. 10 million dollarlik kambek (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Los-Anjeles" klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga so'nggi bo'lib yo'l oldi. 10 million dollarlik kambek (mutolaa uchun)

Jiru va Loris "Chelsi"ga qarshi o'ynaydi.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanishiga ikki hafta qolganida yangilangan turnirning so'nggi ishtirokchisi malum bo'ldi. Bu Ugo Loris o'ynayotgan "Los-Anjeles" va o'tish o'yinlarida Meksikaning "Amerika"siga qarshi o'yinda g'alabani tortib olgan Olive Jiru bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Xames Rodriges o'ynayotgan Meksikaning "Leon" klubi taqiqqa uchragani sabab klublar o'rtasidagi JCHdagi so'nggi o'rin bo'sh qolgandi.



MLS klubi 89-daqiqada o'zini-o'zi qutqardi va so'ngra g'alabani ilib ketdi. Endi ular KJCHni "Chelsi"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi

"Los-Anjeles" 2023 yilgi KONKAKAF Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etgani va unda aynan "Leon" jamoasiga mag'lub bo'lgani sabab o'tish o'yinlariga tushib qoldi. "Amerika" tanlab olindi, chunki bu klub so'nggi to'rt yil ichida KONKAKAF koefficientlari reytingida hali turnirda ishtirok etmaganlar ichida etakchilik qilmoqda.

Ammo jamoalar turli holatlarga tushib qolishdi: "Los-Anjeles" o'z uyida o'tish o'yinini o'tkazdi (chiptalar klublar o'rtasida teng taqsimlangan bo'lsa ham), "Amerika" esa Meksika chempionatining qiyin pley-off bosqichidan so'ng darhol etib keldi va jamoa u erda Klausuraning ikki o'yinlik finaliga chiqdi (mag'lubiyat - 0:0 va 0:2).

"Amerika" baribir klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga bir qadam qolgandi. Meksikaliklar 64-daqiqada Brayan Rodrigesning penaltidan urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi.

Ammo "Los-Anjeles" o'yin oxirida barchasini o'zgartirib yubordi: 89-daqiqada burchakdan uzatilgan to'p Igor Jezusning bosh bilan yo'llagan aniq zarbasi bilan yakunlandi. Shu tariqa o'yin qo'shimcha bo'limlarga ulanib ketdi va amerikaliklar 115-daqiqada kelib raqibga zarba berdi.

G'alaba to'pi "Sent-Eten" sobiq futbolchisi Deni Buanga hisobiga yozildi. Olive Jiru ham hal qiluvchi hujumda ishtirok etdi.



"Bu mavsumdagi eng yaxshi o'yin bo'lsa kerak. Garchi xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lsa-da, - dedi o'yindan so'ng "LA" bosh murabbiyi Stiv Cherandolo. - Bu g'alaba klubimizni yangi bosqichga olib chiqadi va butun ligaga yordam beradi, chunki MLS klublar o'rtasidagi JCHda yana bir jamoaga ega bo'ldi".

Aslida, bu kamida 9,55 million dollarlik o'yin bo'ldi. Bu KJCH ishtirokchilariga kafolatlangan kirish bonusi. "Los-Anjeles" D guruhidan o'rin oldi: dastlabki turda "Chelsi" keyin esa Tunisning "Esperans" va Braziliyaning "Flamengo" jamoalari to'qnash kelishadi.

Klub MLSda hozirda G'arbda oltinchi o'rinni egallab turibdi va raqiblaridan 1-2 ta kam o'yin o'tkazgan.


Xames va "Leon"ni nega chetlatishdi?

Turnirda bitta mulkdor yoki yuridik shaxsga tegishli ikkita klub bo'lishi mumkin emas edi. "Leon" taqiqi bo'yicha yakuniy qaror bir oy oldin qabul qilingan: apellyaciya esa rad etilgan.

Grupo Pachuca kompaniyasi "Leon" va "Pachuka"ga egalik qiladi. Meksikalik biznesmen Xose de Xesus Martines Patino "Pachuka"ni 1995 yilda, "Leon"ni esa 2011 yilda, jamoa ikkinchi divizionda bo'lganida sotib olgan. ESPN’ning yozishicha, tijoriy reestrda Patino "Leon"ning 55 foiz va "Pachuka"ning 50 foiz akciyasi egasi sifatida qayd etilgan.



Meksika chempionatida uzoq vaqt ko'z yumildi, ammo 2027 yilga kelib u erda ham bir nechta klubga egalik qilish mumkin bo'lmay qoladi. Shu sababli, Patino "Leon"ni sotmoqchi bo'lgan va klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etish bilan bog'liq muammolardan qochmoqchi edi. Qura tashlashdan oldin u shunday degan edi: "Biz FIFAga Meksika chempionatidagi klublar xo'jayinlari yig'ilishida "Leon"ni sotish rejasi haqida malum qilganimizni aytdik".

Ammo ish bundan nariga o'tmadi: hukumat malumotlariga ko'ra, ulushlar taqsimoti o'zgarmagan, birorta klubda yangi xo'jayin paydo bo'lmagan. Mart oyida FIFA o'z rasmiy saytida qarorini elon qildi. Patino CASga murojaat qildi - va u erda ham tashkilotchilar tarafini olishdi.

Shu tariqa Xames Rodriges KJCHdan quruq qoldi. Ammo, endilikda u erda Jiru va Lorisni ko'ramiz.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика