"Komo" tinmayapti: jamoa endi Depay va Marsyalga ko'z tikdi
15 iyu 2024 16:40
Yangiliklar
Italiya A Seriyasiga chiqqan "Komo" Madridning "Atletiko" klubi sobiq hujumchisi Memfis Depay va "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalni safiga qo'shib olmoqchi, deya xabar berdi Nikolo SHira.
Italiyaliklarning taklifiga 30 yoshli Depay qiziqmoqda, 28 yoshli Marsyal esa bu haqda o'ylamoqda. Har ikki futbolchi "Atletiko" va "Manchester Yunayted" bilan shartnomalari iyun oyida tugaganidan keyin erkin agent hisoblanadi.
Memfis Depay 2023/24 yilgi mavsum "Atletiko" tarkibida 31 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Antoni Marsyal esa "Manchester Yunayted" libosida 19 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar