So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  5 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  4 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  4 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Klublar o'rtasidagi JCH. "Manchester Siti" osonlik bilan finalga yo'llanma oldi Yangiliklar

Klublar o'rtasidagi JCH. "Manchester Siti" osonlik bilan finalga yo'llanma oldi

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi yarim finali start oldi.

"Urava Reds" - "Manchester Siti" 0:3

Gol: 45+1' Marius Xoybrayten (avtogol), 52' Mateo Kovachich, 59'  Bernardu Silva

23:00 | "Qirol Abdulloh Sports Siti" stadioni

"Urava Reds": 1. SHusaku Nishikava, 3. Atsuki Ito (26. Takuya Ogivara, 57), 5. Marius Xoybrayten, 8. Yoshio Koizumi (10. SHoya Nakajima, 64), 11. Xose Kante (9. Linssen Brayan, 64), 14. Takaxiro Sekine, 15. Takaxiro Akimoto, 19. Ken Ivao (22. Kai SHibato, 78), 21. Tomoaki Okubo (17. Aleks SHalk, 57), 25. Kaito Yasui, 28. Aleksandr SHolz.

Zaxiradagilar: 16. Ayumi Niekava, 31. SHun Yoshida, 2. Xiroki Sakai, 4. Takuya Ivanami, 27. Ekanit Panya, 30. SHinzo Koroki, 60. Ayumu Oxata.

"Manchester Siti": 31. Ederson, 2. Kayl Uoker, 5. Jon Stounz (21. Serxio Gomes, 77), 6. Natan Ake, 8. Mateo Kovachich, 10. Jek Grilish, 16. Rodri (4. Kelvin Fillips, 77), 20. Bernardu Silva (52. Oskar Bobb, 64), 25. Manuel Akanji (24. Yoshko Gvardiol, 65), 27 Mateus Nunes, 47. Fil Foden (19. Xulian Alvares, 77).

Zaxiradagilar: 18. Stefan Ortega, 33. Skott Karson, 3. Ruben Diash, 68. Maks Alleyn, 76. Maxamadu Susoxo, 82. Lyuis Riko, 92. Mika Xamilton.

Ogohlantirishlar:  Akanji (24), Mateush Nunesh (83).

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" finalda!

90+2. "Urava" hujumga o'tdi. Lindsenning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Osiyoliklar standartdan unumli foydalana olishmadi.

90. Ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berildi.

86. Kelvin Fillipsning uzoqdan yo'llangan zarbasi noaniq ketdi.

"Manchester Siti" tarkibida ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Jamoa ekonom rejimida o'ynamoqda. Pep Gvardiola futbolchilarni final o'yiniga asramoqda. 

77. "Urava Reds"da almashtirish. Ivao o'rniga SHibato maydonga tushirildi.

77. "Siti"da o'zgarish. Stounz va Rodri maydonni tark etdi. Gomez va Fillipsga imkoniyat berildi.

74. Mateo Kovachich bergan zarbaga biroz aniqlik etishmadi. "Siti" to'xtamayapti.

"Urava Reds" muxlislari hisob 0:3 bo'lishiga qaramay o'z jamoalarini fantastik tempda qo'llab-quvvatlashda davom etishmoqda. 

66. Jon Stounz "Urava Reds" uyushtirgan kam sonli hujumlardan birini qaytarishga erishdi.

64. O'zgarishlar. "Man Siti" tarkibida Akanji, Foden va Silva maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Gvardiol, Alvares va Bobb maydonga tushirildi.

64. O'zgarishlar. "Urava Reds" tarkibida harakat qilgan Kante, Koizumi maydonni tark etdi. Linssen va Nakajima o'yinga qo'shilishdi.

59. GOOOOOOOOOOOOL!  Bernardu Silva hisobni yirik ko'rinishga keltirmoqda. Mateus Nunes tepgan to'pni qaytargan darvozabon takroriy zarba oldida ojiz qolmoqda.
57. O'zgarishlar. Atsuki Ito va Tomoaki Okubo maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Takuya Ogivara va Aleks SHalk maydonga tushdi.

52. GOOOOOOOOOOOOL! Kayl Uokerning zargarona uzatmasidan so'ng darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Mateo Kovachich hisobni 0:2 ko'rinishga keltirdi.

48. Bernardu Silva ikkinchi bo'limdagi ilk xavfli vaziyatni yaratdi. Uning zarbasi ancha noaniq ketdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. SHusaku Nishikavaga "Man Siti" futbolchilari gol ura olishmayotgandi, ammo "Urava" futbolchisi buni "uddaladi".

45+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Urava Reds" himoyachisi Marius Xoybrayten o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ymoqda. "Siti" birinchi bo'lim yakunida hisobni ochdi.

45. Birinchi bo'limning asosiy qahramoni - "Urava Reds" posboni SHusaku Nishikava! Hozircha, albatta.

41. "Urava Reds" himoyachisi Marius Xoybraten ajoyib "podkat"ni amalga oshirib, "Siti"ning xavfli hujumini bartaraf qildi.

39. "Siti" to'p nazoratida total ustunlikka ega, ammo hozircha gol yo'q.

31. ZARBAAAAAAAA! "Siti" o'ta xavfli vaziyat yaratdi. Mateus Nunes ajoyib zarba yo'llagandi. "Urava Reds" posboni SHusaku Nishikavadan super seyv!

28. ZARBAAAA! Yana Rodri, yana noaniq. Futbolchi bugun juda gol urishni juda istamoqda.

24. O'yin to'liq "Siti" nazoratida. Biroq, Gvardiola shogirdlari yaqqol golli vaziyat yaratganlaricha yo'q.

19. Silvaa! Bugun Bernardu juda faol. Portugaliyalik futbolchi havodan uzatilgan to'pni sal qolsa darvozaga joylab qo'yardi. Biroq "Urava Reds" darvozaboni to'pni egallab oldi.

15. ZARBAA! Grilish to'pni yana Bernardu Silvaga oshirdi, Silvaning jarima maydoni chegarasidan bergan zarbasi biroz noaniq. 

14. Jek Grilish va Bernardu Silva raqib jarima maydoni ichida to'pni bir birlariga oshirib, vaziyat yaratishga harakat qilishdi, ammo bunga "Urava Reds" futbolchilari imkon berishmadi. 

9. Jon Stounz to'pni Edersonga noqulay tarzda oshirdi. "Urava Reds" futbolchisi sal qolsa himoyachining xatosidan so'ng hisobni ochishi mumkin edi. Ederson vaziyatni o'nglay oldi.

8. ZARBAAAA! O'yindagi dastlabki zarbani Rodri berdi, ammo noaniq.

Erling Xoland va Kevin de Bryuyne o'yinni tribunadan kuzatib borishmoqda. 

4. Uchrashuv "Manchester Siti"ning nazoratida o'tmoqda. 

1. O'yin boshlandi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика