So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  16 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

"Klubdagi va klubdan tashqaridagilar shartnomani bekor qilishga undashgan" - Kamoliddin Murzoev Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga o'tishi va agentlar haqida Yangiliklar

"Klubdagi va klubdan tashqaridagilar shartnomani bekor qilishga undashgan" - Kamoliddin Murzoev Jasur Jaloliddinovning "Lokomotiv"ga o'tishi va agentlar haqida

Xabaringiz bor, kecha saytimizning yutub sahifasida O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev bilan jonli efirda intervyu bo'lib o'tdi.

Suhbat davomida biz bir qator savollar, xususan futbolchilarning shartnomalarida uchrayotgan muammolar haqida ham so'radik. Deylik 2020 yil Toshkentning "Bunyodkor" klubidan Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga yo'l olgan Jasur Jaloliddinovning shartnomasida tushunarsiz bandlar kiritilgan. Mana shu jarayonga Kamoliddin Murzoev atroflicha javob berib o'tdi. 

"Jasur ham bizga murojaat bilan chiqqan. Agenti bilan tuzgan agentlik shartnomasini juda qo'pol bandlarini va u agentlik bilan shartnomasini bekor qila olmayotgani haqida murojaat qildi. Ushbu masalani ijobiy hal qildik. Uning shartnomasida agar Jasur boshqa jamoaga yoki boshqa agentlikka ketadigan bo'lsa, 1 million dollar miqdorida agentga tovon puli to'lashi ko'rsatilgandi. FIFPro tashkilotidagi tajribali yuristlarimiz bilan maslaxatlashdik. Jasurga davralar oralig'ida "Andijon"ga kelib qo'shilishiga ko'maklashdik. Agar futbolchilar shartnomalar tuzishdan oldin bizga yuzlanishsa ularda ancha engillik bo'ladi. Agar bizning azoimiz bo'lishsa bir yil davomida 24 soat xizmatidamiz. Jasurni ishi amalda yaxshi tugadi. Agentlar shartnomaga aralasha olishmadi. 

Ketish jarayonida FIFA reglamentining buzilishi va uchinchi shaxslarning aralashuvi bilan Jasur "Bunyodkor"ni tark etgan. Buning ichidan o'rganish uchun alohida bir tashkilot o'rganishi kerak. Vakolatimiz doirasiga kirmaydi. Futbolchini olib ketayotganda klubdagilar va klubdan tashqaridagi insonlar shartnomani bekor qilishga undashgan. Amalda shartnomasi bor futbolchi bekor qilgan holda chetga chiqib ketdi",- deydi Kamoliddin Murzoev. 


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика