Klopp: "Messi - men ko'rgan eng yaxshi futbolchi"
01 may 2019 11:16
Yangiliklar
Klopp: "Messi - men ko'rgan eng yaxshi futbolchi"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Barselona"ga qarshi bo'ladigan CHempionlar ligasi yarim final bahsidan avval Kataloniya klubi hujumchisi Lionel Messi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Gap bitta Messida emas. Bu jamoaning barcha futbolchilari yuqori saviyali. "Barselona" chempionga aylandi. Messi mavsum boshlanishidan oldin yana CHempionlar ligasida g'olib bo'lishni istagani haqida aytgan, bu tahdiddek eshitiladi! Ammo biz ham finalga chiqmoqchimiz.
Messi - men ko'rgan eng yaxshi futbolchi. Kamina ko'plab kuchli o'yinchilarni shug'ullantirgan. Otam doimo Peleni dunyoning eng zo'r futbolchisi derdi, ammo juda kichik bo'lganim uchun uning o'yinlarini ko'rmaganman" - deydi Klopp.
Messi joriy mavsum "Barselona" safida 45ta uchrashuvida maydonga tushib, 46ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar