Klopp do'stini qo'llab-quvvatlash uchun Paralimpiya O'yinlariga bordi
30 avg 19:20
Yangiliklar
Klopp do'stini qo'llab-quvvatlash uchun Paralimpiya O'yinlariga bordi
U parabadminton musobaqalarida qatnashgan do'sti Voytek CHijga muxlislik qildi.
Ular 20 yildan ortiq do'st bo'lib kelishgan. CHij professional futbolchi bo'lgan va Kyolnning "Fortuna" jamoasida o'ynagan, ammo u jiddiy jarohat olgan va oxir-oqibat oyog'i amputaciya qilingan.
Keyinchalik Voytek parasportga kirib kelgan. U uzunlikka sakrashda Germaniya sharafini himoya qilgan. Paralimpiya O'yinlarida uning ettita medali bor, shundan to'rttasi oltin. So'nggi yillarda u Yangi Zelandiyada yashab, u erda yangi sport turi – parabadmintonni kashf etdi. U ushbu sport turi bilan atigi uch yil oldin shug'ullana boshlagan bo'lsa-da, Paralimpiya O'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan.
Afsuski, Voytek Parijdagi birinchi ishtirokida Klopp qarshisida oltin medalga davogar britaniyalik Den Bettelga imkoniyatni boy berdi. "Daily Mail" xabariga ko'ra, 44 yoshli paralimpiyachi britaniyalikni mag'lub etish uchun yana 2-3 yil vaqt talab qilinishini aytgan.
Fikrlar