So’nggi yangiliklar

14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  0 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  5 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  1 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  9 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  8 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  5 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  10 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  27 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  3 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4

Kilian Mbappe: "Franciyadan ketishimni elon qilish bunchalik og'ir bo'ladi, deb o'ylamagandim" Yangiliklar

Kilian Mbappe: "Franciyadan ketishimni elon qilish bunchalik og'ir bo'ladi, deb o'ylamagandim"

Teglar :  Kilian Mbappe PSJ
Hech kimga sir emas Kilian Mbappe yozda PSJni tark etadi.

"Hammaga salom, bu Kilian. Men sizlar bilan suhbatlashmoqchiman. Men vaqti kelganida sizlarga barchasini malum qilishga vada bergandim va hozir yozda PSJdan ketayotganimni aytmoqchiman. SHartnomam yakuniga etadi va uni uzaytirish niyatida emasman, bir necha haftadan keyin Parijdagi sayohatim yakuniga etadi. 

Avvalambor, men barcha jamoadoshlarim va murabbiylarimga rahmat aytaman: Emeri, Tuxel, Pochettino, Galte va Luis Enrike. Doimo meni qo'llab-quvvatlagani uchun sport direktorlari Leonardo va Luish Kampushga. Klub ishonchli qo'llarda qolayotganini bilaman.

Bu juda og'ir, og'ir va men Franciya va Liga 1"ni tark etayotganimni elon qilish bunchalik qiyin bo'ladi, deb o'ylamagandim. Biroq menga bu kerak, oradan etti yil o'tib, yangi chorlov zarur. Ana shu etti yil davomida bergan mehr-muhabbatlari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. PSJ — shunday klubki, unga neytral munosabatda bo'la olmaysiz. Uni yo yaxshi ko'rasiz, yoki nafratlanasiz. Men hech bir ishimdan afsuslanmayman va bu klub abadiy yuragimda qoladi. Bu erda ortiq o'ynamayman, lekin jamoa uchrashuvlarini tomosha qilishda davom etaman. Men bor kuchimni ishga solib, jamoa g'alabalariga hissamni qo'shish uchun intildim va bu erda o'tkazgan vaqtim, takrorlanmas lahzalar uchun taqdirdan minnatdorman".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика