Kibersport. "Lochinlar" Aleksandr Kostilevga oyiga 1 mln. dollar to'laydi
23 fev 2024 15:07
Yangiliklar
Kibersport. "Lochinlar" Aleksandr Kostilevga oyiga 1 mln. dollar to'laydi
Dunyoning eng boy klubi sifatida tanilayotgan "Falcons" ("lochinlar") kibersport olamining eng mashhur o'yinlarida o'zining jamoalarini shakllantirishda davom etmoqda. Ular futboldagi kabi har bir o'yin uchun eng kuchli va eng mashhur kibersportchilarni yig'ib, jamoa tuzishmoqda.
Counter-Strike tarkibini maksimal darajada kuchaytirishni istagan "lochinlar" 2023 yilning oxirida ko'plab kuchli kibersportchilarni o'z safiga chaqirdi va juda katta maoshlar taklif qildi. Ularning so'nggi transferi kibersport olamining yorqin yulduzi Aleksandr "s1mple" Kostilev bo'ldi. NAVI safidagi super o'yinlari bilan ko'plab muxlislarning mehrini qozongan s1mple faoliyatini Saudiya Arabistoni klubida davom ettiradi. U jonli efir payti yangi klubida qancha maosh olishini aytdi:
"Falcons" dagi maoshim? Oyiga 1 mln. dollar. O'zimni kibersportchi emas, futbolchidek his qilyapman" - deydi Aleksandr Kostilev.
Saudiya Arabistonining "Falcons" jamoasi 2024 yilning 10 fevralida yakunlangan IEM Katowice turnirida 3-4-o'rinni egallab, 80 000 dollarni qo'lga kiritgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar