Kellini "Yuventus"ga qaytdi
16 sen 2024 14:09
Yangiliklar
Kellini "Yuventus"ga qaytdi
"Yuventus" sobiq himoyachisi Jorjo Kellini jamoaga qaytdi, deb xabar bermoqda "keksa sinora" matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, Kellini "Yuventus"da menejer lavozimiga tayinlangan hamda milliy va xalqaro futbol tashkilotlari bilan aloqalarga masul bo'ladi. Sobiq himoyachi 16 sentyabr, dushanba kuni yangi lavozimida ishga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, Jorjo Kellini 2005 yildan 2022 yilgacha "Yuventus" safida to'p tepgan va 555 o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urgan va 18 ta golli pas uzatgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar