So’nggi yangiliklar

10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  4 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  9 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  8 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  2

Kelajak loyihasi - Vodiy chempionlar ligasi start olish arafasida! Yangiliklar

Kelajak loyihasi - Vodiy chempionlar ligasi start olish arafasida!

Vodiy futbolining kelajagi bo'lishi kutilayotgan loyiha sentyabr oyidan start olishi kutilayapti.

Loyiha O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol federaciyasi, "Championat.asia", "Best Sport Media", Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarining futbol federaciyalari bilan hamkorlikda tashkil qilinadi.

Vodiy CHempionlar ligasi qanday bo'ladi?

2017/18 yilgi VCHL test ko'rinishida bo'lib o'tadi. Unda 10ta jamoa 18ta turdan iborat ikki davrali musobaqada qatnashadilar. Davralar oralig'ida "Vodiy Kubogi" bo'lib o'tadi. VCHL yakunida esa, VCHL g'olibi va Kubok sohibi o'rtasida Superkubok bo'ladi.

2018 yildan etiboran VCHL 16ta jamoani o'z ichiga qamraydi va unda 2005 yil tarbiyalanuvchilaridan tashqari, 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar ham o'z yurishlarini boshlaydilar.

SHu tariqa 2021 yilga kelib VCHL 5ta yosh toifasida vodiy ligasiga ega bo'ladi.

VCHLda yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun, har bir klub o'z viloyatida keyinchalik yo'lga qo'yiladigan viloyat chempionatida kuchli to'rtlikka kirishi kerak bo'ladi. Biz VCHLni tuzish bahonasida, hududlarda huddi poytaxtdagidek viloyat birinchiligini yo'lga qo'yamiz.



2022 yilga kelib vodiy stadionlarida, yangidan-yangi Odil Ahmedovlar javlon urishi kerak


2022 yilga kelib esa VCHL orqali, Vodiy ikkinchi ligasiga asos solinadi. 

2005 yilda tavallud topgan yosh charm to'p ustalari o'rtasida bo'lib o'tadigan musobaqada Andijon, SHahrixon, Farg'ona, Qo'qon, Kosonsoy, Namangan va To'raqo'rg'ondan jamoalar ishtirok etadilar. Ular qatorida, "Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" jamoalariga biriktirilgan futbol maktablari ham qatnashadilar.

Musobaqa reglamentiga ko'ra 9ta jamoaning har biri 2017 yil bir marotaba tur o'yinlariga mezbonlik qiladilar. Barcha jamoa bir shaharda yig'iladi. Bu bilan ular nafaqat o'z tarbiyalanuvchilarini sinovdan o'tkazadilar, balki tur o'yinlarini sifatli o'tkazishni ham o'rganib boradilar.

VCHLga Odil Ahmedov homiylik qiladi. Musobaqada Rauf Inileev selekcioner murabbiy sifatida faoliyat olib boradi va eng sara 2005 yilda tavallud topgan futbolchilarni 2018 yil kollejga kirish uchun tavsiya beradi. Bu bilan biz kollej tizimini ham sifatli futbolchilar bilan boyitib borgan bo'lamiz. Undan tashqari, yosh istedod egasi Evropa talablariga javob bersa, uni hozirning o'zidanoq Evropa klublariga joylash ishlari olib boriladi. Bu borada Ispaniya va Italiyadagi hamkorlarning xizmatidan foydalaniladi.

5 yillik dasturni o'z ichiga qamrab olgan VCHL orqali, ko'plab istedod egalarini vodiyni o'zida saqlab qolish va ularga mahalliy klublar orqali MTJga yo'l olishlarini taminlash bo'ladi. 

Mazkur loyiha o'z mevasini 2025 yilga kelib albatta bera boshlaydi. 2017/18 yilgi mavsum ishtirokchilari, shu yilga kelib 21 yoshga to'lgan bo'ladilar. 

"Vodiyga juda ko'p tashrif buyuraman, bu erdagi istedodlar uchun musobaqalar juda kam. Imkon qadar o'tkazilayapti, lekin uzoq vaqtni qamrab oladigan chempionat yo'q. Bu o'yin amaliyotini etishmasligi va ota-onalarni farzandlarini Toshkentga olib ketishiga sabab bo'layapti. Bu erga kelgan hamma ham muvaffaqiyatga erishmaydi. Bu avvalo katta xarajat, ikkinchidan bolaning tarbiyasi. Agar farzand uchun o'sha viloyatning o'zida yaxshi turnir bo'lib, mahalliy kollej va liceylar sifatli darajada ishlashni boshlasa, hech qanday Toshkentning keragi bo'lmaydi. Mana shunda "Neftchi", "Navbahor", "Andijon" va "Qo'qon-1912" kabi jamoalar mahalliy futbolchilar bilan muvaffaqiyatga erishadilar. 

Vodiy futbolini ko'tarish uchun menga Odil Ahmedov murojaat qildi. U bilan doimo bolalar futboli borasida bir xil fikr yuritganmiz. Faoliyatini tugatguniga qadar yordam berib turamiz. Bir kun u albatta vodiyga qaytadi va bu erda o'z ishini davom ettiradi. Hozir uning loyihasiga qarshi chiqayotganlar ham bo'layapti. Lekin ota-onalar, bolalar futbol klublari biz tomonimizda", - deydi loyiha muallifi Nodirxo'ja Yuldashev.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика