Ispaniya futbol federaciyasi "Barselona" AQSHda o'yin tashkil etishiga rozi. Endi UEFAning ruxsati kerak
12 avg 16:12
Yangiliklar
Ispaniya futbol federaciyasi "Barselona" AQSHda o'yin tashkil etishiga rozi. Endi UEFAning ruxsati kerak
Ispaniya futbol federaciyasi La Liganing "Barselona" va "Vilyarreal" o'rtasidagi milliy chempionat uchrashuvini Mayamida o'tkazish haqidagi arizasini maqulladi.
Federaciya bu so'rovni UEFAga yuborishga rozi bo'ldi. Endi UEFA yakuniy qarorni qabul qilishi kerak.
Gap 17-tur o'yini haqida ketmoqda. Ushbu o'yin 20 dekabrga belgilangan.
"Barselona" afsonasi Lionel Messi hozirda Mayamida yashaydi, Devid Bekxemga tegishli mahalliy "Inter" klubi shu erda o'ynaydi.
So'nggi yillarda Ispaniya Superkubogi uchun o'yinlarni mamlakatdan tashqarida o'tkazish amaliyoti qo'lanmoqda. Milliy chempionat o'yini esa hech qachon chetda o'tmagan.
O’xshash yangiliklar
03:05
La Liga. "Real" o'z uyida "Selta"ga mag'lub bo'ldi, Garsiya va Kasseras qizil kartochka oldi 109
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar