So’nggi yangiliklar

16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  26 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  2 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  15

"Katta-katta murabbiylar"da ham kichik-kichik muammolar bo'lib turadi Yangiliklar

"Katta-katta murabbiylar"da ham kichik-kichik muammolar bo'lib turadi

Faoliyatini muvaffaqiyatsiz tarzda boshlagan, ammo keyin elkasiga omad qushi qo'nib, barchaning muhabbatiga sazovor bo'l olgan buyuklar bilan tanishing.

Aleks Fergyuson

Aleks Fergyuson "MYU" muxlislarining kumiri va "qizil iblislar"ni nafaqat Angliya, balki jahon futboli elitasiga qaytargan inson hisoblanadi. Lekin 1980 yillar oxirida muxlislarning deyarli barchasi undan nafratlanib, istefoga chiqishini talab qilishar, bahslarda haqoratli qo'shiqlar kuylashardi. Malum muddat Fergyusonni ehtimol ishdan bo'shatishlari mumkin bo'lgandir. O'zingizga malum, klub shartnomani bekor qilsa, shotlandiyalikka tovon puli to'lab berishi shart edi. Ammo o'sha yillari "Yunayted"ning moliyaviy muammolari etarli edi. Aynan shu narsa murabbiyni istefoga chiqarishlaridan saqlab qoldi.

Fergyuson jamoada qoldi va omadi kelib klub bilan 38 mukofotni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Vaholanki, u faoliyatini "Oksford Yunayted"ga bo'lgan mag'lubiyat va "Norvich Siti"ga qarshi durang bilan boshlagan edi. Umuman olganda avvaliga Fergining ishlari butkul yurishmagan.

Yurgen Klopp

Mashhur nemis murabbiyi, Germaniyaning ikki karra chempioni (Dortmund "Borussiya"si bilan) Angliya klubiga o'tdi va ishonchsiz o'yinlar namoyish eta boshladi. APLning dastlabki ikki turida Klopp boshchiligidagi "Liverpul" jamoasi 2 o'yinni durang natija bilan yakunladi: "Tottenxem" va "Sautgempton". Bu uchrashuvlar oralig'ida esa Evropa Ligasi guruh bosqichida "Rubin" bilan ham 1:1 hisob qayd etildi.


Biroq bugungi kunda Klopp ajoyib o'yinchilarni o'z safiga qo'shib olib, eng kuchli jamoalar qatorida ketmoqda. CHempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi, biroq Angliya chempioni bo'lishiga bir-ikki qadam etmadi. 2015 yil klubdagi faoliyatini o'rtamiyona o'yinlar bilan boshlagan murabbiy bunday natijalarga erisha olishi hech kimning hayoliga kelmagan bo'lsa kerak.

Xosep Gvardiola

Zamonamizning eng yaxshi murabbiylaridan (klublar miqyosida) biri (balki eng yaxshisidir) faoliyatini 2008 yil "Barselona"da unchalik omadli boshlagan deya olmaymiz. Ishni u CHempionlar Ligasi 3-bosqichidan boshlagan. O'shanda "Barselona" Krakoviyaning "Visla"sini (umumiy hisobda 4:1) enggan edi, lekin... Polshadagi uchrashuvda kataloniyaliklar yutqazib qo'yishgan. Vaholanki, o'yinda asosiy tarkib futbolchilari ishtirok etgandi. Undan keyin chempionat starti va "grand" jamoalar bo'lmish, "Numansiya" (mag'lubiyat 0:1) va "Rasing" (1:1) kabi jamoalar bilan o'yinlarda ishlab olingan bor yo'g'i bir ochko. Ammo ana undan keyin...

19 o'yin davom etgan mag'lubiyatsiz seriya, ularning 17tasi g'alaba, mavsum oxirida esa Gvardiola va "Barselona"ni Ispaniya chempionligi va CHempionlar Ligasi bosh sovrini kutib turardi!

Yupp Xaynkes

"Bavariya"ga uchinchi qaytish 2011 yilga to'g'ri keldi. Bu vaqtga kelib murabbiy 30 yillik tajribaga ega, vaqtida "Real", "Benfika", "Atletik", Myonxengladbaxning "Borussiya"sida faoliyat olib borgandi. 2013 yil Xaynkes murabbiylik faoliyatini yakunlashi haqida elon qildi, lekin keyinroq aniq bo'ldiki bu butunlay emas, vaqtinchalik ketish edi. 2013 yil may oyida "Bavariya" uning qo'l ostida ketma-ket Germaniya Kubogi, Bundesligadagi zafar va CHempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi.

Ko'pchilik "Bavariya"da Xaynkesning g'alabali odimlari bilan yodga oladi. Biroq hammasi mag'lubiyatdan boshlanganini hamma ham bilmaydi... 11/12-yillar mavsumi Bundesliganing ilk turida "myunxenliklar" kichik hisobda Myonxengladbaxning "Borussiya"siga mag'lub bo'ladi.

Visente del Boske

1999 yil mavsum davom etayotgan bir pallada "Real" boshqaruvini Visente Del Boske o'z qo'liga oladi. Dastlabki 4 o'yinda "Real Sosedad" va "Rasing" bilan durang, safarda "Selta"ga minimal hisobda boy berilgan uchrashuv (0:1) va "Saragosa"dan "Santyago Bernabeu"da qabul qilingan qaqshatqich zarba (1:5). SHu tariqa, 4 o'yinda 2 ochko — "Real" murabbiyi uchun bu umuman qoniqarsiz natija. Lekin murabbiy o'shanda jamoada qoladi va mavsum yakunida CHempionlar Ligasida g'olib bo'ladi, keyingi mavsumda esa La Liga chempionligi ham "Madrid"ga nasib qiladi.

Roberto Manchini

Manchini karerasini 2004 yil "Inter"da boshlagan: A Seriyaning 12 turida 10ta durang o'yin qayd etgan. O'shanda Italiya Kubogidagi birgina omadli bahs murabbiyni qutqarib qolgandi.

Manchinining murabbiylik yillarida "Inter" mamlakat chempioni bo'lishga erishdi (ammo "Yuventus" korrupciya tufayli chetlatilgani ham qaysidir manoda ularga yordam berdi).


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика