Bundestimda Klopp davri boshlanadimi?
12 mar 12:56
Yangiliklar
Bundestimda Klopp davri boshlanadimi?
Germaniyalik sobiq murabbiy Yurgen Klopp JCH-2026'dan Germaniya terma jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin.
Bu haqda "Bild" xabar bermoqda.
Hozir milliy jamoani Yulian Nagelsmann boshqaryapti, biroq uning kelajakdagi ishi bo'lajak mundialda termaning natijalariga bog'liq bo'ladi. Nemis futboli rahbariyati 2018 va 2022 yilgi turnirlardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin jiddiy natija kutmoqda, o'sha musobaqalarda jamoa guruhdan ham chiqa olmagandi.
Ayni paytda Klopp "Red Bull" kompaniyasida global futbol yo'nalishi rahbari lavozimida ishlaydi. Avvalroq OAVda mutaxassisga Madridning "Real"i qiziqish bildirgani haqida ham malumotlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar