Gvardiola: "Kurtua ajoyib o'yin ko'rsatdi, deb o'ylamayman"
12 mar 09:45
Yangiliklar
Gvardiola: "Kurtua ajoyib o'yin ko'rsatdi, deb o'ylamayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi birinchi uchrashuv (0:3)dan so'ng madridliklar darvozaboni Tibo Kurtuaning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Menda ojizlik hissi yo'q. Biz Kurtua jiddiy tarzda o'yinga aralashishiga majbur bo'ladigan vaziyatlar yarata olmadik. Ammo qancha bor jarima maydoni ichiga kirdik va hal qiluvchi so'nggi pas etishmadi… Agar siz shu nuqtagacha etib borgan bo'lsangiz, demak, umuman olganda to'g'ri harakat qilyapsiz. Bizda Kurtua ajoyib o'yin o'tkazdi, degan hissiyot yo'q. Bizga faqatgina kichik bir detal etishmadi. Agar shuni bajara olganimizda, albatta gol urar edik", — dedi Gvardiola.
Malumot uchun, jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar